So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6

Aleksandr Lobanov: "Meni maqsadim, milliy terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Meni maqsadim, milliy terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish"

Toshkentning "Paxtakor" klubi ayni damda BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. "SHerlar" darvozaboni Aleksandr Lobanov savollarimizga javob berdi.

- Yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?

- Biz mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Umid qilamanki chempionat startini yaxshi boshlaymiz. Barcha futbol muxlislari va futbolchilar rasmiy o'yinlarni sog'indi.

- Hozir BAAda mashg'ulot o'tkazyapsizlar. O'rtoqlik o'yinlari rejalashtirilganmi, qaysi klublarga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazasizlar?

- Raqiblarni murabbiylar tanlashadi, biz kimga qarshi o'ynashimizga unchalik qiziqmaymiz. Igor Sergeev jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Ushbu bahsda yirik hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. BAAning yana ikki jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz.  

- Sizningcha bu yilgi chempionat qay darajada qiziqarli bo'ladi?

- Bu yilgi chempionat bahslari avvalgilariga qaraganda qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman. Musobaqa ishtirokchilari va chempionat formatiga o'zgartirish kiritildi. SHuning uchun ham har bir o'yinda jiddiy kurash kechadi. Bu esa chempionatimiz saviyasi o'sishi uchun yordam beradi. raqobat qanchalik kuchli bo'lsa futbol ham shunchalik tez o'sishga erishadi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy bo'ldi. Bunga qanday fikr bildirasiz?

- Avvalam bor Temur Kapadzega murabbiylik faoliyatida omad tilayman. Meni fikrimcha, undan yaxshi murabbiy chiqadi. Terma jamoada biroz ishlash imkoniyatini har kimga ham berishmaydi.

- Kecha MTJning vaqtinchalik bosh murabbiyi kengaytirilgan tarkibni elon qildi. Lekin terma jamoa tarkibidan siz o'rin olmadingiz. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Bu MTJda vaqtinchalik ishlayotgan bosh murabbiyining qarori. Meni maqsadim, milliy terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish. Bu haqida muhokama qilishni istamayman. Har kimni o'z qarashi bor.





Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: -778   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика