So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  59 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Aleksandr Lobanov: "Italiya muxlisiman, lekin Kosta-Rika haqli g'olib bo'ldi" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Italiya muxlisiman, lekin Kosta-Rika haqli g'olib bo'ldi"

Bugun "SA" ofisida Argentina - Eron uchrashuvini tomosha qilish uchun "Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov tashrif buyurdi.

Darvozabonga uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirdi. 


- JCH-2014 haqidagi fikrlaringiz...

- O'yinlarda ko'plab gollar urilmoqda, ochiq futbol muxlislarga juda yoqadi. Albatta, ko'plab grandlar ishonchni oqlay olishmayapti. Futbol o'ynashni yoki o'ynashni istamayotgan jamoalar qolishmadi. Barcha jamoa mundialga shunchaki kelmaganini isbotlamoqda. Soat 3da bo'lsa ham muhim o'yinlarni ko'rayapman. Rossiyadan ko'proq narsa kutgandim, Koreyaga qarshi bahsda ular meni hayron qoldirishdi.


- Qaysi darvozabon yoqadi?

- Men faqat bitta darvozabonning muxlisiman - Buffon! Birinchi turda u maydonga tusha olmadi. Meksikalik Ochoaning o'yini qoyil qoldirdi, Franciya chempionatida o'zini ko'rsatgandi. Gilerme Noyer va Buffon darajasidagi o'yinchi bo'lib bormoqda.


- Iker Kasilyas borasida nima deya olasiz?

- Kasilyasning ikkinchi turda tushmasligini kutgandim. Uni o'rnida De Xea o'ynaydi deb o'ylagandim. Ammo del Boske mendan yaxshiroq biladi. Akinfeev borasida nmia deya olaman. U ajoyib posbon, Igorda bunday xatoni birinchi marta ko'rayapman. Ammo Rossiya darvozasini Akinfeev qo'riqlashda davom etadi deb o'ylayman. 


- Qaysi jamoa muxlisisiz?

- Italiya muxlisiman, ammo kecha Kosta-Rika g'alaba qozongan bo'lsa ham ular haqli tarzda yutishdi.


- Argentina - Eron uchrashuvi uchun taxmin?

- 3:0...


- Siz ko'rgan ilk Jahon chempionatingiz?

- 1998 yilgi mundial. O'sha chempionat menda katta taassurot qoldirgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика