So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  3 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

Aleksandr Krestinin: "Qirg'iziston Osiyo Kubogiga tayyor" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Qirg'iziston Osiyo Kubogiga tayyor"

Qirg'iziston terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida shogirdlari musobaqaga tayyor ekanini aytib o'tdi. Malumki, ushbu mutaxassis Qirg'izistonda yil yakunlariga ko'ra "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi.

Qirg'iziston terma jamoasi guruh o'yinlarini Xitoy, Janubiy Koreya va Filippinga qarshi o'tkazadi. Dastlabki uchrashuv 7 yanvar kuni Xitoyga qarshi kechadi.

"Biz Marchello Lippi boshchiligidagi jamoaga qarshi maydonga tushishdan mamnunmiz, - deydi qirg'izlar bosh murabbiyi. - Men Lippini juda hurmat qilaman, u kishi buyuk mutaxassis, jahon chempioni. SHuningdek, Xitoyni futbol mamlakati degan bo'lardim. Oxirgi yillarda Xitoyda futbol ancha o'sdi. Mashhur futbolchilar u erga borib to'p tepishyapti. Bundan esa mahalliy o'yinchilar foyda olishyapti".

"Bizning futbolchilar ham o'z klublarida etakchi hisoblanadi. Lekin xalqaro tajriba borasida biroz orqadamiz. Albatta, har bir murabbiy faqat yaxshisidan umid qiladi. SHu jumladan men ham. Musobaqa boshlanmasidan oldin hammada imkoniyat bor, lekin barchasini o'yinlar ko'rsatib beradi. Bunday katta turnirlarda tez-tez sensaciyalar ham bo'lib turadi".

Rossiyalik murabbiy o'z intervyusida guruhdan chiqish imkoniyatlari haqida to'xtaldi: "Oxirgi to'rtta o'rtoqlik o'yinida shuni sezdimki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Faqat safarda yaxshi o'ynay olmayapmiz. SHuni to'g'rilash ustida ishlashimiz kerak. Biz joy olgan guruhda ikkita favorit bor: Janubiy Koreya va Xitoy. Lekin aytib o'tganimdek, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin".

"O'ylaymanki, Osiyo Kubogiga chiqishning o'ziyoq qirg'iz xalqi uchun katta bayram bo'ldi. Agar ishtirokchilar soni 24taga oshirilmaganida chiqa olmasligimiz ham mumkin edi. Men jamoam Osiyo Kubogiga tayyor deb ayta olaman".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика