So’nggi yangiliklar

17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  1 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  23 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1

Aleksandr Krestinin: "Farrux biz kutgandek o'ynay olmadi va shu sababdan uni yana zaxiraga oldik" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Farrux biz kutgandek o'ynay olmadi va shu sababdan uni yana zaxiraga oldik"

Superliganing 16-tur bahslaridan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng, "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Futbolchilar va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Ko'p o'yindan beri g'alaba qozona olmayotganimiz biz uchun katta bosim o'tkazayotgan edi. Irodali g'alabaga erishdik.

- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan himoyachi Tairaning jarohati qanchalik og'ir?

- U jarohatidan tiklanmoqda. U qancha vaqtda tarkibga qaytishini ayta olmayman.

- Farrux Ikromovni zaxiradan maydonga tushirib, keyin yana zaxiraga oldingiz. Bunga sabab nima?

- Bugun Farruxning o'yini chiqmadi. Farrux biz kutgandek o'ynay olmadi va shu sababdan uni yana zaxiraga oldik. Mashgulotlarda u ancha yaxshiroq harakat qilayotgandi.

- "Bunyodkor" ushbu mavsum o'z maydonida birinchi marotaba g'alaba qozondi. Jamoangizning qaysi bo'limdagi o'yinidan ko'proq qoniqdingiz?

- Joriy mavsum o'z maydonimizda erishgan birinchi g'alabaligini bilmas ekanman. O'yinni tahlil qilib chiqamiz va keyin bir xulosaga kelamiz. o'yin davomida biz ko'proq to'p bilan muomala qildik va ko'proq hujumlar uyushtirdik. Erta gol o'tkazib yuborishimiz yaxshi emas. Jamoam namoyish etgan o'yindan qoniqdim. Raqib ham juda tartibli o'yin namoyish etdi va juda to'g'ri himoyalandi.

- Farhod O'tkirov siz kelgach yanada erkinroq o'ynashni va ko'proq vaziyatlar yaratishni boshladi. U endi o'zininng o'yinini namoyish etmoqdami yoki sizning uslubingizdan kelib chiqib shunday o'ynayaptimi?

- U katta potencialga ega futbolchi. Mashg'ulotlarda ko'p mehnat qilmoqda, samarasini o'zingiz ko'rib turibsiz. Faqatgina O'tkirov emas, butun jamoa mashg'ulotlarda ko'p mehnat qilmoqda va o'sishga erishmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика