Aleksandr Krestinin: "Bugun oddiy o'yin bo'lmadi. Ikki jamoa ham ko'p vaziyat yaratdi"
20 avg 2023 21:31
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin: "Bugun oddiy o'yin bo'lmadi. Ikki jamoa ham ko'p vaziyat yaratdi"
Uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi navbatda "Bunyodkor" muxlislari va futbolchilarni g'alaba bilan tabriklayman. Oddiy o'yin bo'lmadi. Ustunlikni qo'lga oldik. Lekin raqib ham o'yinni yaxshi tashkil qila oldi. O'tgan o'yinlarda ham yomon taassurot qoldirmagan, ochkolarga ega chiqqandi. SHu bois qiynaldik. Yakun esa yaxshi bo'ldi. Albatta vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Xuddi shunday "Turon"da ham",- deydi Aleksandr Krestinin.
- Usmonali Ismonaliev o'tgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Bugun esa zaxiradan. Bu nima bilan bog'liq?
- O'tgan o'yinda asosi tarkibda maydonga tushgandi. Bugun esa zaxiradan. Bizda 23 nafar futbolchi bor. Tarkibimizda raqobat bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar