So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  3 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  5 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  18 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0

Aleksandr Ejov: "Xorazmdan yaxshi futbolchilar etishib chiqqan va bundan keyin ham chiqadi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Xorazmdan yaxshi futbolchilar etishib chiqqan va bundan keyin ham chiqadi"

Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Oq-tepa"(6:1) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirdi.




"Ko'rdinglar, o'yin hisobga mos bo'ldi. Ayrim joylarda ustunlikka ega bo'ldik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, oxirigacha kurash olib borishdi. Vazifa va ko'rsatmalarni bajarishdi",- deydi Ejov.

- Avvalgi o'yinlarda jamoa birinchi bo'limda yaxshi o'ynab, ikkinchi bo'limda jismoniy jihatdan toliqib qolayotgan edi. Bugun esa o'yinni bir tekisda o'tkazdi. Bunga qanday erishildi?

- Albatta, bu har doim ham o'xshamasligi mumkin. Ikkinchi bo'limda ham raqib to'p nazorati bo'yicha ustunlikka ega bo'ldi. O'z o'rnida "Oq-tepa" jamoasiga meni bu jamoaga qo'yib yuborganliklari uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Muxlislarni ham bugungi g'alabada hissasi bor. Ular bizni doim oxirgi daqiqaga qadar qo'llab-quvvatlab turishadi. Biz ham ularni xursand qilish uchun oxirigacha kurashamiz.

- Bilamiz, siz futbolchilar bilan doim samimiy munosabatda bo'lasiz. Aleksandr Ejov qanday paytda qattiqqo'l murabbiyga aylanadi?


- Buni mendan emas futbolchilardan so'raganingiz maqul. Bizning vazifamiz futbolchilarni to'g'ri tarbiyalash, vazifamiz mahalliy futbolchilarimizni o'sishiga ko'maklashish. Nima uchun bunday qilmasligimiz kerak? Bugun ham bir nechta yosh futbolchilar harakat qilishdi. Ularning har biriga imkoniyat beramiz. SHu vaqtga qadar Xorazmda yaxshi futbolchilar etishib chiqqan va bundan keyin ham chiqadi. Himoya chizig'imizning asosiy futbolchisi Habibulla Matyoqubov bugun maydonga tushmadi. Uning o'rnida to'p tepgan Mahmud Qalandarov ham ishonchli o'ynadi. Etiborimizni ko'proq mahalliy yosh futbolchilarimizga qaratganmiz. Superligada Xorazm futboli tarbiyalanuvchilari ko'proq bo'lishini istaymiz. Bu borada selekciya ishlarini to'xtatmaymiz. Ikkinchi liga, kubok bahslarini ko'ramiz, kuzatamiz. Yosh futbolchilarga imkon beramiz.

- "Oq-tepa" klubi haqida nima degan bo'lardingiz?


- Birinchi davrada shu jamoada ishladim. Futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyatni juda yaxshi bilaman. G'anisher aka SHog'ulomovga rahmat aytmoqchiman. Bu inson doim futbol bilan yashaydi. Jamoasi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Keyingi o'yinlarda ularga omad tilab qolaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика