So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  0 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  16 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Aleksandr Ejov: "Futbolchilarimga harakter ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Futbolchilarimga harakter ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman"

Pro liga 9-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Neftchi" (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikkinchi o'yindirki bor kuchimiz bilan harakat qilmoqdamiz. To'pni nazorat qilyapmiz. Lekin, vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Ko'rayotgan bo'lsangiz har bir uchrashuvda golga tortadigan yuz foizli vaziyatlar yaratyapmiz. Yigitlarga harakter ko'rsatishgani uchun rahmat aytib qolaman. "Neftchi"da ham gol urish uchun yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. SHunday bo'lsada futbolchilar qo'llaridan tushurmasdan ohirigacha kurashishdi",- deydi Aleksandr Ejov.

- "Xorazm" jamoasiga nima etishmayapti?
- Nafaqat bugungi o'yinda balki jamoamizda muammolar etarlicha. Selekciya ishlarini amalga oshira olmadik, jamoani kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilarni taklif qilishimiz uchun moliyaviy holatimiz javob bermaydi. Ikkinchidan o'z bazamiz, mashg'ulot maydonlarimiz yo'q. Futbolchi keladigan bo'lsa birinchi galda jamoadagi sharoitlarga etibor qaratadi. Boshqa jamoalarga o'xshab o'zimiz istagan o'yinchilarni ololmaymiz.

- Yosh futbolchi Habibullo Matyoqubovning o'yinlari haqida fikringiz qanday?
- Ushbu futbolchi bilan uchinchi yil ishlashim. Bugun ham maydonda o'zini ayamadi va bor kuchi bilan harakat qildi. U kelajakda terma jamoa darajasigacha chiqishi mumkin. O'z ustida ishlasa, mashg'ulotlarda mehnat qilsa milliy jamoada o'ynab keta oladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика