Alba: "Luis Enrike nega meni terma jamoaga chaqirmaganini bilmayman"
04 sen 2018 17:21
Yangiliklar
Alba: "Luis Enrike nega meni terma jamoaga chaqirmaganini bilmayman"
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xordi Alba sentyabrdagi o'rtoqlik o'yinlari uchun uni Ispaniya terma jamoasiga chaqirmagan Luis Enrike qarori haqida fikr bildirdi.
"Terma jamoa safiga borishni istayman, ammo murabbiy qaror qabul qilid va uni hurmat qilaman. Voqealar bunday rivoj olishini kutmagan edim, ammo 2012 yil "Valensiya"dagi ishimdan keyin Evropa chempionatiga borishim ham kutilmagan xol bo'lgan.
Murabbiy terma jamoaga kimni chaqirishi menga bog'liq emas. U meni nega chaqirmaganini bilmayman. Agar o'z ishimni yaxshi uddalasam, menda terma jamoa tarkibiga qaytish imkoniyati paydo bo'ladi. Ayni damda qaydnomaga Markos Alonso va Xose Gayya kiritilgan, ular ajoyib futbolchilar. Menda hech kim bilan muammo yo'q" - deydi Alba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar