Alba “Atletiko”ga o'tadi..mi?
30 may 2021 09:11
Yangiliklar
32 yoshli futbolchiga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi. Nashr xabariga ko'ra, madridliklar chap qanot himoyachisini izlashmoqda va bu joyga Alba munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda u Ispaniyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urishga erishdi.
Alba 2012 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa bilan beshmarta Ispaniya chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan. SHuningdek, ECHL va UEFA superkubogida g'olib chiqqan. Jordi “Barsa”ga kelguniga qadar “Valensiya” va “Ximnastik” safida to'p tepgan. Transfermarket portali futbolchining transfer narxini 25 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar