“Al Sadd” Xaviga yangi shartnoma taklif qildi. Bitimda “Barselona” bilan bog'liq band bor
17 mar 2021 19:55
Yangiliklar
“Al Sadd” Xaviga yangi shartnoma taklif qildi. Bitimda “Barselona” bilan bog'liq band bor
Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Al Sadd” rahbarlari jamoa muddatidan oldin Qatar chempionligini qo'lga kiritganidan keyin Xavi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Qatarliklar Xaviga 2023 yil iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi. SHuningdek, yangi bitimga ko'ra ispaniyalik mutaxassis va uning murabbiylar shtabi azolarining ish haqi ham oshiriladi. Kelishuvda mutaxassis “Barselona”ga o'tgan taqdirda “Al Sadd”ni tovon pulisiz tark etishi haqidagi band ham bor.
Xavi aniq bir qarorga kelmagan. Qayd etilishicha, 41 yoshli mutaxassis jamoa bilan shartnomani 2 yilga emas, bir yilga uzaytirishni rejalashtirgan. U bilan amaldagi kelishuv esa joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar