"Al Nassr" sport direktori Ronaldu bilan bog'liq muzokaralar haqida gapirdi
26 dek 2022 00:51
Yangiliklar
"Al Nassr" sport direktori Ronaldu bilan bog'liq muzokaralar haqida gapirdi
"Al Nassr" klubi sport direktori Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash mavzusida gapirdi.
Saudiya Arabistoni klubi uzoq vaqtdan beri 37 yoshli superyulduzni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy davogar sanalib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchiga moliyaviy tomondan juda foydali shartnoma taklif qilingan.
“Keling, yil oxirigacha kutamiz va transfer ishlari qanday ketayotganini kuzatamiz. Ushbu muzokaralar nafaqat klubimiz va butun mamlakatimiz, balki butun futbol olami uchun juda muhim. Ronaldu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U har doim namuna qilishga arzirli sportchi bo'lib ketgan", - dedi Marselo Salazar.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilib, "Manchester Yunayted"ni tark etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar