"Al Nassr" Edersonga juda katta maosh taklif qilmoqda
05 iyu 2024 21:18
Yangiliklar
"Al Nassr" Edersonga juda katta maosh taklif qilmoqda
Darvozabon Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.
"Manchester Siti" darvozaboni Edersonga Saudiya Arabistonidan taklif bo'layotgani haqida xabar qilingandi. "Al Nassr" klubi "Siti" Kiperiga haftasiga 600 ming evro maoshi berishga tayyorligi malum bo'ldi. Bu Ederson "Siti"da topadigan puldan uch barobar ko'p hisoblanadi. Bu darajadagi katta maoshni "Siti" hech qanaqasiga taklif qila olmaydi.
"Manchester Siti" Edersonni saqlab qolmoqchi. Agarda darvozabon ketish niyatini bildirsa, "Siti" uni sotishga tayyor. Ingliz klubi ikkinchi raqamli darvozabon SHtefan Ortega bilan shartnomani uzaytirganidan so'ng vaziyatga biroz bosiqlik bilan qaramoqda.
Malumot uchun, Ederson o'tgan mavsum APLda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar
00:32
Akmal Mozgovoy: "Bir kishi kam bo'lsakda oxirigacha turdik, penaltilar seriyasida omadimiz keldi" 4
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar