"Al Hilol" Messini sotib olmoqchi. Unga yiliga 280 mln evro maosh taklif qilindi
12 jan 2023 15:25
Yangiliklar
"Al Hilol" Messini sotib olmoqchi. Unga yiliga 280 mln evro maosh taklif qilindi
Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Klub hujumchiga yiliga 280 million evro taklif qilishi mumkin. Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi, franciyaliklar bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Agar argentinalik futbolchi "Al Hilol"ga o'tishga rozi bo'lsa, shartnomaning katta qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Saudiya Arabistoni Messining transferi va Krishtianu Ronalduning "Al Nassr"ga o'tishi ligaga bo'lgan qiziqishni oshirishiga umid qilmoqda. Bu esa mamlakatning 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish imkoniyatini oshiradi. "Al Hilol" va "Al Nassr" o'rtasidagi bahs Saudiya Arabistonining asosiy derbisi hisoblanadi. Bu erda u "Ar-Riyd derbisi" nomini olgan.
Eslatib o'tamiz, Messi Saudiya Arabistonining sayyohlik elchisi hisoblanadi. U mamlakatga 2022 yilning may oyida tashrif buyurgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar