So’nggi yangiliklar

01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  1 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  45 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  7 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16

"Al Hilol" - "Lokomotiv" uchrashuvidan fotomaqola Yangiliklar

"Al Hilol" - "Lokomotiv" uchrashuvidan fotomaqola

O'z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan chiqqan "Lokomotiv" safarda 1/8 finalning dastlabki o'yinini o'tkazib qaydi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida tashkil etilgan bahsda "Loko" qitaning eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol" mehmoni bo'lib 0:0 hisobida durang o'ynadi.

"Al Hilol"dek kuchli klub bilan safarda durang qayd etish yomon natija emas. Bo'lib ham bunday hisob o'zbek klublari tomonidan birinchi bor kuzatildi.

Bungacha bizning jamoalar "Al Hilol"ga qarshi etti marta to'p surib, barchasida mag'lubiyatga uchrashgandi. "Lokomotiv" esa birinchi bo'lib bu noxush ananaga barham berdi.

O'yin haqida nima deyish mumkin? SHuni bemalol aytsa bo'ladi, uchrashuv juda og'ir kechdi. O'yin kechki payt 21:05da boshlangan bo'lishiga qaramay, havo harorati juda issiq va dim bo'ldi. Bir joyda o'tiraverib qizib ketasiz, endi 90 daqiqa yugurganlarning ahvoli-ku bundan besh battar.

O'yindan keyin bazi muxlislar tomonidan "Lokomotiv" o'ynamadi, futbolchilar yugurmadi" kabi gaplarni eshitdik, biroq xoh ishoning, xoh ishonmang u erda futbol o'ynash naqadar qiyinligini "Qirol Fahd" stadioniga borib futbol ko'rgan odamgina biladi.

Vatanimizga ko'z tegmasin, bizdagi toza havo hech qaerda yo'q. Bizda kechki ettidan keyin maza qilib futbol o'ynasa bo'ladi. Lekin Saudiyada buning iloji yo'q. Mahalliy arablar bunga allaqachon ko'nikib ketishgan, ammo biz boshqacha ob-havoda to'p tepib katta bo'lganimiz uchun u erning muhitiga birdaniga moslashib bo'lmaydi.

Mana shunday qiyin sharoitda durang o'ynab qaytgan "Loko" futbolchilariga rahmat aytsa arziydi. Ishoning, bu hech qanday maqtov yoki jamoa o'yinini tanqid qilayotganlar oldida futbolchilarni oqlash emas. Men shunchaki o'zim "Qirol Fahd" stadionida bo'lib, o'yinni ko'rib qaytganim uchun shu fikrlarni bildiryapman.

Mana endi 24 may kuni Toshkentda javob bellashuvi o'tkaziladi. "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin 18:00da boshlanadi. "Lokomotiv" chorak finalga chiqishi uchun jamoani faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi.

O'ylaymizki, futbolchilar bunga qodir, ular Toshkentda "Al Hilol"ni mag'lub eta olishadi. "Lokomotiv"ga muxlislar daldasi har qachongidan muhim, ishqibozlar olqishiga muhtojmiz, zero biz o'zbekistonlik futbol muxlislari ko'z oldida yangi tarix yozishni xohlaymiz.

Xayrulla Xoliqov, "Lokomotiv" PFK matbuot kotibi.



Suratlar muallifi Xayrulla Xoliqov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика