So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  1 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Klub tizimida 14 nafar xorvatiyalik ishlayapti" Yangiliklar

"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Klub tizimida 14 nafar xorvatiyalik ishlayapti"

BAAning "Al Ayn" klubi o'z tarixida ilk bor klublar o'rtasidagi JCH finaliga yo'l oldi.

Kecha bo'lib o'tgan yarim final bahsida "Al Ayn" Argentinaning "River Pleyt" klubi bilan 2:2 o'ynadi va penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan keyin "Al Ayn" bosh murabbiyi Zoran Mamich shogirdlari bilan faxrlanishini aytib o'tdi:

"Men nihoyatda xursandman. Maydonda nimalar bo'lganini tushunmay qoldim. Ha, biz finaldamiz! Bunga ishonish qiyin, lekin biz buni uddaladik. 15 kun ichida 5ta o'yin o'tkazdik, ammo charchoq nimaligini his qilmayapmiz. Endi bor etiborni finalga qaratamiz".

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonlaridan shu paytgacha faqat ikkita jamoa 2013 yil "Raja Kasablanka" va 2016 yil "Kashima Antlers" finalda o'ynagandi. Bu borada "Al Ayn" uchinchi klub bo'ldi. Agar bugun "Kashima" "Real"ni mag'lub etsa, final Osiyo derbisiga aylanadi.

"Biz bu musobaqaning Xorvatiyasi emasmiz, - deydi "Al Ayn" ustozi. - CHunki Xorvatiya jahon chempionati finalida yutqazib qo'ydi, men esa mag'lub bo'lishni xohlamayman. Lekin Xorvatiya mamlakati fuqarosi sifatida terma jamoam bilan faxrlanaman. "Al Ayn"ning ushbu muvaffaqiyatida xorvatiyaliklar qo'shayotgan hissa juda katta. Avvalgi hamkasbim Zlatko Dalich menga ajoyib jamoa qoldirib ketdi. Hozir klub tizimida 14 nafar hamyurtim ishlayapti".

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика