So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  57 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Akromjon Komilov: “G'alaba qozondik, lekin hali finalga chiqqanimiz yo'q” Yangiliklar

Akromjon Komilov: “G'alaba qozondik, lekin hali finalga chiqqanimiz yo'q”

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib gol urgan Akromjon Komilov o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

“Paxtakor”ga qarshi o'yin og'ir o'tdi. To'g'ri dastlabki o'yinda g'alaba qozondik va o'zimizga kerakli natijaga erishdik. Ammo oldinda javob bahsi bor. Finalga chiqish uchun ikkinchi o'yinda ham bugungidek harakat qilish darkor. Dastlabki uchrashuvda barcha sheriklarim yaxshi harakat qilishdi. Murabbiylarning barcha topshiriqlarini bajarishdi. “Paxtakor” keyingi o'yinda bosimi kuchaytiradi va biz javob o'yiniga ikki barobar kuch bn harakat qilishimiz kerak”, - deydi Komilov.

- Uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladingiz...
- Sergey Lushan meni zaxirada qoldirib to'g'ri qildi. CHunki o'yinni chetdan kuzatishim va o'zimga kereli xulosani chiqarishim kerak edi. Bu menga foyda berdi deb o'ylayman. Gol bo'lgan vaziyatga kelsak imkoniyat bo'ldi deguncha darvozaga zarba beraman. O'sha vaziyatda ham to'p qulay kelgani uchun zarba berdim, shukurki gol bo'ldi.

- Oldinda “SHo'rtan” bilan G'uzordagi bahs kutib turibdi.
- Biz bugundan “SHo'rtan” bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladik. “SHo'rtan” ikkinchi davrani ikkita g'alaba bilan boshladi. O'yin og'ir o'tishini oldindan aytish mumkin. Biroq biz ham g'alabali seriyamizni davom ettishni istaymiz. SHu bois G'uzorga g'alaba uchun boramiz.

Narzulla Saydullaev
 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика