So’nggi yangiliklar

07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  0 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  22 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  20 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17

Akmal SHorahmedov: "Muxlislar ertaga ajoyib muhit yaratishsa biz ular uchun yanada yaxshiroq o'ynaymiz" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "Muxlislar ertaga ajoyib muhit yaratishsa biz ular uchun yanada yaxshiroq o'ynaymiz"

O'zbekiston kubogi finali oldidan turli fikrlar yangramoqda.

Final arafasida mutaxassislar, ekspertlar o'z munosabatlari bilan bo'lishayotgan pallada biz AGMKning tajribali futbolchisi Akmal SHorahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

"AGMK bilan ikkinchi bor finalga chiqdim. Undan oldin esa "Paxtakor" safida hozirgi jamoamga qarshi o'ynagandim. Kubok bitta uchrashuvdan iborat bo'lgani sababli kuch topsa bo'ladi. "Paxtakor" kuchli jamoa ham milliy terma jamoamizning o'zagini tashkil qiladigan futbolchilar jamlangan. Ertaga o'tgan yilgi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz va g'alaba uchun maydonga tushamiz. Finalning Namanganda o'tayotgani ham qaysidir manoda yaxshi deya olaman. Munosib harakat qilib kubokni qo'lga kiritish uchun borimizni beramiz. 

Bunday sharoitda deylik o'tgan yili liga kubogi finalida ettinchi dekabr sanasida o'ynagandik. Lekin, u payt hozirgidek sovuq emasdi. Faoliyatimda mavsumlar bunchalik cho'zilib ketmagandi. Sovuqda ko'pchilik kasal bo'lib qolyapti. Har bir o'yindan so'ng kimlarnidir isitmasi chiqmoqda. Ko'p joylarda kiyinish xonalarida dushlari sovuq. Vodiyda futbol muxlislari ko'p. Faqat Namangandan emas, Farg'ona va Andijondan ham muxlislar kelishadi. Ishqibozlar ajoyib muhit yaratishsa biz ular uchun yanada yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz",- deydi Akmal SHorahmedov.

Jahongir Fayzullaev yozib oldi, Namangandan "Shampionat asia" sayti uchun mahsus

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика