So’nggi yangiliklar

01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  13

Akmal Rustamov: "Qizil kartochka va penalti o'yinni hal qildi" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Qizil kartochka va penalti o'yinni hal qildi"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi penalti va qizil kartochka o'yinga tasir o'tkazdi, nazarimda. Yigitlarga harakat uchun rahmat aytaman. O'yinni tahlil qilib "Dinamo"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", - dedi Akmal Rustamov bahs yakunlangach.

- "Mashal"ga qarshi o'yinni hisobga olmasak "Qizilqum" ko'p mag'lubiyatga uchradi va ochkolar yo'qotdi. Buning sababi nimada? "Qizilqum" quyi pog'onalardan uzoqlashganidan so'ng biroz erkinlikka berildimi?

- Fikringizga qo'shilmayman. Bizda to'liq ikkita tarkib yo'q. Shuningdek, bir nechta futbolchilarimiz jarohatda. Vahobov bugun maydonga qaytdi. Biz imkon qadar yuqoridan joy olishga maksimal harakat qilamiz. Keyingi mavsumda esa yanada ko'proq yoshlarni jalb etamiz.

- Islom Kenjaboevning ikkinchi taymda o'yinga qo'shilgani ham jarohat sabablimi? "Buxoro"ga qarshi nazorat uchrashuvida ham Kenjaboev maydonda yo'q edi...

- Ha. Kenjaboev o'tgan mavsum "Nasaf" safida jarohat olgan va jarrohlik amaliyotini o'tkazgan edi. Hozir u yana og'riq his qilmoqda. Keyingi o'yinlarda uning sog'lig'i yaxshi bo'lsa, yana maydonga qaytadi. U bizga kerakli o'yinchi. Bunday yaxshi o'yinchini zaxirada ushlab o'tirishdan mano yo'q.

- Sanjar Quvvatov penaltilarni bartaraf etish bo'yicha juda yaxshi darvozabon. "Paxtakor"da o'ynagan vaqti bir nechta muhim o'yinlarda 11 metrlik zarbalarni bartaraf etgan edi. Bugun esa Quvvatov ikkita zarbani ham qaytara olmadi...

- Belgilangan penaltilarni qayta ko'rib chiqish kerak. Menimcha, ikkinchi penalti yo'q edi. Hali takroriy vaziyatni ko'rib chiqmadim. Penalti - lotereya. 

- Chempionat yakunida ko'pgina o'rtamiyona jamoalar maqsadsiz bo'lib qolgani tufayli o'yindagi pasayish kuzatiladi. Yani motivaciya yo'qolib qoladigandek. "Qizilqum"da ushbu holat kuzatilmaydimi?

- Jamoamizda ruhiyat yaxshi. Bugungi o'yinni qizil kartochka va penalti hal qildi. Nasib bo'lsa, chempionat yakunida yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Jarohatdagi futbolchilarimiz tezroq safga qaytsa, musobaqa jadvalida imkon qadar ko'tarilishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
19 okt 21:26:28
Abdulaziz Turdibekov
100marta o'ynasenam kuchen yetmedi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика