Akmal Ortiqov: "Bahs davomida murabbiylar bergan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga urindik"
19 sen 2022 17:56
Yangiliklar
Akmal Ortiqov: "Bahs davomida murabbiylar bergan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga urindik"
- Albatta, o'z uyimizda va muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonish juda yoqimli. Qolaversa, bekobodda g'alaba qozonganimizga ancha vaqt bo'lgandi. Mazkur g'alaba bilan "Metallurg"ning ashaddiy muxlislarini tabriklayman.
"So'g'diyona" bilan uyinga bir hafta davomida astoydil tayorgarlik ko'rgandik. Maqsad faqat va faqat g'alaba qozonish va ochkolarimiz sonini oshirib olishni rejalashtirgandik. Deylik, o'yin davomida murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajardik va katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman.
Raqib "So'g'diyona" jamoasi ham sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda. SHu sabab ularga ham g'alaba zarur edi. Biz esa uyda o'ynayotganimizdan kelib chiqib g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. SHuning uchun ham ikkala jamoada o'yin davomida asabiylik holatlari kuzatildi.
"Mavsumni imkon qadar yaxshi o'rinlarning birida tugatishni rejalashtirganmiz. Qolgan bahslarda ijobiy natijalar qayd etgan holda, Xudo xohlasa kuchli oltilikka kirishga harakat qilamiz", - deydi Ortiqov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar