So’nggi yangiliklar

17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  10 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  3 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  9 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2

Akmal Mozgovoy: "CHempion bo'lishimizga ishonmaganlarga: biz buni uddaladik va qolgani muhim emas" Yangiliklar

Akmal Mozgovoy: "CHempion bo'lishimizga ishonmaganlarga: biz buni uddaladik va qolgani muhim emas"

"Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng chempionlik goliga mualliflik qilgan "ajdarlar" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy saytimizga intervyu berdi.

- G'alaba keltirgan gol qanday amalga oshganini aytib bersangiz?
- Bu juda tez sodir bo'ldi. Menga bunday vaziyatlar yoqadi, chunki mashg'ulotlarda ham shunday gollar urgan paytlarim bo'lgan. Lekin o'yin umuman boshqa narsa. SHu lahzalarda yoshligimizda qatnashgan turnirlarni esladim. U erda ham xuddi shunday tarzda to'p kiritganman. "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng bobom bilan gaplashdim. U ham menga yuqoridagi holatni eslatdi. Bu his-tuyg'uni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi.

- Golgacha bo'lgan vaqtda "Nasaf" "Lokomotiv" darvozasi oldini faol qurshab oldi. Bozorovning to'p uzatishidan so'ng...
- Ha, goldan oldin ko'p hujum qildik. Bir payt qarasam Oybek menga qarata to'p uzatyapti. Bu vaqtda kimdir hujum vaqtida zarba berishi kerak degan fikr paydo bo'ldi. To'pni olishga va tavakkal qilishga harakat qildim. Bularning barchasi juda tez kechdi. O'yindan keyin takroriy vaziyatni ko'rib zarba beradigan odam yo'qligini ko'rdim (kuladi).



- O'yinga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz? Bosim bo'lmadimi?
- Ijobiy kayfiyatda tayyorgarlik ko'rdik. O'yin oson bo'lmasligi aniq, raqibga ham ochko kerak edi. Bosim bor edi, lekin biz professionalmiz. Bu bosimni muvaffaqiyatli engib o'tdik. Hamma narsani to'g'ri qila oldik.

- O'zingizdan qanday hissiyotlar o'tyapti?
- Bu hissiyotlarning cho'qqisi. Biz uzoq kutilgan chempionlikni qo'lga kiritdik. U endi tarixda qoladi. CHempion bo'lishimizga ishonmaganlarga: biz buni uddaladik va qolgani muhim emas. Biz tirishqoqlik bilan maqsadimiz sari qadam tashladik.

- Klub muxlislariga nima demoqchisiz?
- Barcha muxlislardan minnatdorman. Ularning olqishini har doim his qilamiz. Bu chempionlikni muxlislar ham, qashqadaryoliklar ham anchadan beri kutayotgandi. Endi g'urur bilan barchani tabriklashimiz mumkin. Bu bizning umumiy muvaffaqiyatimiz va g'alabamizdir. 


Emil Bekmuxammedov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика