"Ahmoq". Britaniyalik taniqli ekspert Havercning "CHelsi" bilan o'yiniga baho berdi
11 noy 2024 15:58
Yangiliklar
"Ahmoq". Britaniyalik taniqli ekspert Havercning "CHelsi" bilan o'yiniga baho berdi

"Haverc, sen dangasa ahmoqsan. Yuz foizlik imkoniyatlarni ko'kka sovuryapsan. Ey Xudo, bizga chindan ham haqiqiy hujumchi kerak. Nega Arteta buni ko'rmaydi?
Ijobiy tomoni shundaki, "Arsenal" allaqachon "Siti", "CHelsi", "Tottenxem", "Nyukasl" va "Aston Villa" bilan mehmonda o'ynab bo'ldi – har qanday top-klubning eng qiyin o'yinlari seriyasi. "Arsenal" ikkita o'yinda g'alaba qozondi, ikkita uchrashuvda durang o'ynadi, bir marta mag'lubiyatga uchradi va 15 ochkodan 8 tasini qo'lga kiritdi.
Yanvarga kelib biz yaxshiroq vaziyatda bo'lishimiz mumkin. Agar top-hujumchi bilan shartnoma imzolasak, unda...", – deb yozdi Morgan.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Angliya chempionati musobaqa jadvalida 19 ochko bilan 4-o'rinda ketmoqda. "Liverpul" 28 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar