So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Ahmadjonovning loyihalari endi nima bo'ladi? Yangiliklar

Ahmadjonovning loyihalari endi nima bo'ladi?

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FA
O'FAning bugundagi endi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov qisqa fursat ichida katta-kichik ishlarni amalga oshirgan edi.

Umid Ahmadjonov shu kungacha bajargan, ammo futbolda ko'rinmaydigan holatlarni yod olsak:

1. Qaysi yoshdagi terma jamoa bo'lmasin, yaxshi mehmonxonalarda istiqomat qila boshlashdi. Bu o'z navbatida futbolchilarga bo'lgan munosabatni o'sganligini ko'rsatib turgan edi. Bu 100% O'zbekiston yoshlar terma jamoasi natijasini o'zgartirib yubormagan bo'lsada, ammo murabbiy va futbolchilarning kayfiyatiga ijobiy tasir o'tkazgandi.

2. Bolalar futboli yo'lida ko'plab festivallar o'tkazish loyihasi ishlab chiqarildi. Ularning aksariyati viloyatlarda bo'lib o'tishi uchun taqvim taqdim etildi. SHu bilan bir qatorda viloyat futbol federaciyalari o'rtasida keng ko'lamda ish olib borildi.

3. "Oltin Vodiy" loyihasi ishlab chiqildi. Bu borada Farg'ona viloyatida katta yig'ilish ham bo'lib o'tdi.

4. Yoshi kichraytirilgan futbolchilar uchun kurash boshlandi. Bu kabi illatlarni oldini olish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

5. Bir qator xorij federaciyalari bilan yaqindan hamkorlik memorandumlari tuzildi. Ular orasida, Ispaniya, Franciya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi futboli rivojlangan federaciyalarni ko'rsatishimiz mumkin.

6. O'zbekistonga xorijlik mutaxassislarni kelishi boshladi.

7. Eng muhimi, O'zbekiston terma jamoasi Marokash kabi qitada o'z o'rniga ega davlatlar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolay oldi, shu jumladan Eron bilan.


Endi o'rinli savol tug'iladi, Umid Ahmadjonovning shuncha loyihalari nima bo'ladi? Bizga malum bo'lishicha O'FAning bugungi Prezidenti Achilbay Ramatovning futboldagi asosiy yordamchisi aynan Umid Ahmadjanov bo'ladi. O'FAning jamoasi ishlab chiqayotgan loyihalariga, bugun Achilbay Jumaniyozovich aytganidek pul bilan muammo bo'lmaydi. Faqat PFL strukturasi to'g'irlab olinsa bo'lgani.

O'FA rahbariyatiga davlat odamini kelishi yaxshi. Bu superliga klublarini yanada sergak torttiradi. Ayniqsa bugungi gaplardan keyin. Endi kallani bir erga qo'yib ishlamasa, keyingi 4 yilda futboldagi pullarni yo'qotib qo'yishimiz mumkin. Futbolku bo'laveradi, ammo o'z-o'zidan keladigan pullarni ko'rmaymiz. Achilbay Jumaniyozovich, davlatimiz Prezidentining gaplarini etkazar ekan, shunday dedi: "Futbolni yo joyiga qo'yaylik, yoki to'xtataylik". Haqiqatdan ham davlatimiz ajratayotgan milliardlarni havoga sovirayotgan ishyoqmas tanbal dangasa futbol rahbarchalari ko'payib ketdi. Ularni ichida qanchalab milliardlarimiz "otkat" bo'layotganini kichik doira yaxshi biladi. Biz bilgan axborotni, aniqki hukumat ham biladi. Mana shunday davlat odamini futbol tepasiga kelishi, o'g'rilarga jiddiy ogohlik qo'ng'irog'i bo'ldi. Endi Ahmadjonovni oldida davlat odami bor va u O'FAda erkin ijod qila oladi. Buni foydasini yaqin yillar ichida ko'rsak bo'ladi.

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика