Aguero Messining hurmati uchun “Barsa”da 10-raqamni tanlamadi
05 sen 2021 07:30
Yangiliklar
Aguero Messining hurmati uchun “Barsa”da 10-raqamni tanlamadi
“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero vatandoshi Messi o'ynagan raqamda to'p tepishni istamadi.
Lionel Messi klubni tark etgach, kataloniyaliklar rahbariyati Agueroga 10-raqam ostida to'p tepishni taklif etgandi. Ammo hujumchi Leoga bo'lgan hurmati yuzasidan ushbu raqamni olishni rad etdi.
“Ular menga ushbu raqam ostida to'p tepishim mumkinligini aytishdi. Ammmo Leo mening do'stim bo'lganligi uchun bu taklifga rozi bo'lmadim”, dedi Aguero.
Serxio “Barsa”da 19-raqamda to'p tepadi. U avvalgi jamoasi “Manchester Siti”da 10-raqamda o'ynagan.
Messi jamoani tark etgach, uning 10- raqamida bu mavsumdan Ansu Fati harakatlanadi. Lionel 2008-2009 yilgi mavsumdan buyon Kataloniya klubida 10-raqamda to'p tepib kelgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar