AGMKni ikki nafar o'yinchi tark etdi
02 iyu 2018 11:38
Yangiliklar
AGMKni ikki nafar o'yinchi tark etdi
Minsk shahrida tashkil etilgan o'quv-yig'inidan 28 iyun kuni qaytib kelgan AGMK azolari bugundan "O'zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qilgan holda, TTYMI stadionida o'z mashg'ulotlarini o'tkaza boshladi.
Jamoa mashg'ulotlarda to'liq tarkibda ishtirok etmoqda. Kechki mashg'ulot yakunlangach, klub tarkibida birinchi davrada faoliyat olib borgan ikki futbolchi Qahramon Bahodirov va Ibrohim Numonov jamoani tark etdi. Jamoa rahbariyati va barcha azolari har ikki futbolchining AGMKdagi ishtiroki uchun tashakkur bildiradi va kelgusi futboldagi faoliyatlariga omad tilaydi.
Futbolchilar ertaga kunning birinchi yarmida O'FA texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy metodik bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq yozgi normativlarni topshirishadi.
Fikrlar