So’nggi yangiliklar

23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  0 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  0 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  33 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0

AGMK yangi mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi Yangiliklar

AGMK yangi mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi

AGMK yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi oxirgi nazorat uchrashuvini Pro-liga vakili “Oq-tepa”ga qarshi Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o'tkazdi.

Mazkur o'yinda ham olmaliqlikalar murabbiylar shtabi tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etib, har ikkala bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi.

Birinchi taymda jamoalar murosa yo'lini tanlashdi. Dastlab mehmonlar birinchi bo'lim so'nggiga yaqin penalti ishlashdi. Darvozaga tepilgan to'pni qo'li bilan qaytargani Sardor Rahmonov maydondan chetlatildi va darvozaga penalti belgilandi. Biroq belgilangan penaltini Sultonov qaytarishga erishdi. Lekin qaytgan to'pga ildamroq harakat qilgan Jamshid Yusupov o'yinda hisobni ochdi - 0:1. AGMK esa bu golga tezda reakciya bildirib, hujumga otlanishdi. Bahrom Abdurahimov jarima maydonchasi ichida raqiblardan birin-ketin o'tib, to'pni darvozaning o'tkir burchagiga joyladi - 1:1.

Ikkinchi bo'limda AGMK katta ustunlik bilan o'ynab, tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qosimov - Erkinov - Rahmatov uchligi ishtirokidagi kombinacion hujumni Polvonov aniq zarbasi bilan golga aylantirdi - 2:1.

Uchrashuv so'nggiga qadar esa tablodagi hisob yana bir bor jamoamiz foydasiga o'zgardi. Bu gal Nurmatov jarima maydonchasi ichida faol o'ynab, to'pni raqib darvozasiga aniq yo'lladi va uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:1.

SHu tariqa olmaliqliklar yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi oxirgi nazorat o'yinini g'alaba bilan yakunladi.

AGMK Superliga 1-turi doirasidagi mavsumdagi ilk rasmiy bahsni 29 fevral kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida “Metallurg”ga qarshi o'tkazadi. O'yin soat 16:45da boshlanadi.

Nazorat o'yini

23 fevral, yakshanba

AGMK — “Oq-tepa” 3:1

Gollar: Abduraximov (45), Polvonov (50), Nurmatov (79) — Yusupov (42)

OKMK sport majmuasi

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev.

AGMK (1-bo'lim) — Suhrob Sultonov - Akmal SHorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Murod Toshmatov - Yovan Jokich, Bahrom Abdurahimov, Sanjar Tursunov - Arslonmirat Amanov, Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili.

AGMK (2-bo'lim) — Roman Abdulov - Mirg'iyos Sulaymonov, Dilshod Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev, Saydullo Toshpo'latov, Mirjamol Qosimov - SHahzod Nurmatov, Zafar Polvonov, Xojimat Erkinov.

CHetlatish: Rahmonov (41)

Amalga oshirilmagan penalti: Ibragim (42) — darvozabon

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика