So’nggi yangiliklar

21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  36 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  11 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  13

AGMK yangi kelgan futbolchilarga jamoa liboslarini taqdim etdi Yangiliklar

AGMK yangi kelgan futbolchilarga jamoa liboslarini taqdim etdi

AGMK matbuot xizmati jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni rasman tanishtiruv marosimi o'tkazilgani haqida malumot berdi.

AGMK futbol klubi rahbariyati bugun jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarga o'z raqamlari tushirilgan liboslarni taqdim etdi.

Jamoamiz safini to'ldirgan tayanch yarim himoyachisi Erkin Baydullaev, gruziyalik hujumkor vinger Elguja Grigalashvili, belaruslik himoyachi Vladislav Kasminin hamda chernogoriyalik mudofaa chizig'i vakili Igor Zonichning AGMKga o'tganiga bag'ishlangan rasmiy taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

AGMK klubi bosh menejeri Muxtor Qurbonov jamoa qarorgohida yozgi transfer oynasida jamoaga kelib qo'shilgan va transfer qilingan futbolchilarga liboslarni taqdim etib, ularning faoliyatiga omad tiladi.

Erkin Baydullaev AGMK tarkibida 3-raqamda o'ynashni maqul ko'rdi. Elguja Grigalashvili esa bo'sh turgan 7-raqamni tanladi. Markaziy himoyachilar Vladislav Kasminin 77-raqamni olgan bo'lsa, Igor Zonich 88-raqamda o'ynashga qaror qildi.


SHu tariqa AGMK tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar jamoaga rasman tanishtirildi. Umid qilamizki, mazkur futbolchilar AGMK safida yorqin o'yin ko'rsatib, jamoamiz g'alabalarida o'z hissalarini qo'shishadi.


Klub bosh menejeri Muxtor Qurbonov jamoaning yozgi transfer kampaniyasi haqida quyidagilarni takidlab o'tdi:

— CHempionat avvalida medallarni qo'lga kiritishni maqsad qilgandik. Biroq birinchi davrada bazi o'yinlarda omad bizdan yuz o'girdi, futboldagi fart biz tomonda bo'lmadi. O'yin taraflama jamoamiz yaxshi ko'rindi. Buni tahliliy statistik malumotlar orqali ham bilsa bo'ladi. Faqatgina natija borasida biroz oqsadik. O'yindagi kichik epizodlar ko'plab bahslarda bellashuv taqdirini hal etib ketdi. Yozgi transfer kampaniyasi yaxshi bo'ldi. Baydullaevning tajribasi, Grigalashvilining iqtidori, Kasminin va Zonichning himoyadagi mustahkam o'yini bizga birinchi davrada etishmagan jihatni to'ldiradi deb o'ylayman. Jamoa mashg'ulotlarini kuzatdim, yangi futbolchilar kollektivga kirishib ketishgan. Bu jihat odamni quvontiradi. Birinchi davrada yo'qotilgan ochkolar o'rnini ikkinchi davrada qoplab, oldimizga qo'yilgan yuqori maqsadlar sari intilamiz, — dedi Muxtor Qurbonov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика