Igor Sergeev: "Hakamlarga o'yin borasida jiddiy savollar bor. "Paxtakor-79" bilan bog'liq fojiani unutmaslik lozim"
12 avg 12:13
Yangiliklar


Igor Sergeev: "Hakamlarga o'yin borasida jiddiy savollar bor. "Paxtakor-79" bilan bog'liq fojiani unutmaslik lozim"
"Hammasini o'zingiz ko'rdingiz. Qayg'uli xato hech qanday xavf yo'q paytda golga olib keldi. Hakamlarga o'yin borasida juda ko'p savollar bor. Hozir qizishgan paytimda bu haqda gapirmayman. Umid qilamanki, hakamlar qo'mitasi yoki tegishli idora bu masalani ko'rib chiqadi. Yoki aniqlaydi. Yoki aniqlamaydi, bilmayman. Juda jiddiy savollar mavjud. O'yinimizda bazi xatolar bo'ldi, ayniqsa, o'tkazib yuborilgan gol asosiy xatomizdir. O'yinni to'liq nazorat qilayotgan edik. Oxirida gol urganimiz yaxshi bo'ldi, garchi durang o'ynagan bo'lsak-da, bu juda achinarli. OKMK bilan bo'lgani kabi, bugun ham o'yinni to'liq nazorat qildik. Shunchki to'p darvozaga kirishni istamadi.
"Paxtakor-79" – katta yo'qotish. Odatda biz har yili xotira marosimiga qabristonga boramiz. Men akademiyada tahsil olayotganimdan beri deyarli har yil xotirlash marosimiga borardim. Bugun shunchaki o'yin bo'lgani uchun, barcha ularni yod etishni ifodalsydigan futbolkalarda maydonga chiqdi. Monitorda ular to'g'risidagi kadr ko'rsatildi. Yana nimani aytishim mumkin? Juda achinarli, men bu tarixni sevaman, uni hech qachon unutmaslik kerak, akademiyadagi yosh futbolchilarga ham buni singdirish kerak. Buyuk "Paxtakor" bilan bog'liq fojiani unutmaslik lozim", dedi 32 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Аслида клуб сиёсати хам шундан иборат тузиляпти. Мақсад иқтироларни командага жалб қилиб, уларни реклама қилиб, харидор топиб пуллаш. Жамоавий ўйин шакллантириб натижага эришиш бош мақсад эмас. Ўйинчиоар индивидуал характер орқали ўзларини нимага қодирликларини исботлаш учун майданга чиқишяпти