So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  19 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

AGMK Turkiya yig'iniga jo'nab ketdi. Tarkibda kimlar bor? Yangiliklar

AGMK Turkiya yig'iniga jo'nab ketdi. Tarkibda kimlar bor?

Teglar :  AGMK
Yangi mavsumda xalqaro maydonda ishtirok etadigan AGMK jamoasi bo'lajak musobaqalarda munosib taraddud ko'rish maqsadida hal qiluvchi o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.

Toshkentda 7 yanvar kuni to'plangan va 1 oy davomida Do'rmondagi qarorgohda shug'ullangan AGMK yig'in doirasida uchta nazorat bellashuvini ("Surxon" 2:0, "Buxoro" 2:2, "Turon" 1:1) o'tkazdi va unda 1 g'alaba va 2 durang qayd etdi.

Bugun ertalab soat 10:00da jamoa delegaciyasidan tashkil topgan tarkib Toshkent-Antaliya yo'nalishi bo'ylab charter reysda parvoz qildi.

Ikki hafta (12-27 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan AGMK yig'in doirasida to'rtta nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil malumot beriladi.

Antaliyadagi yig'inga ishtirok etadigan delegaciya tarkibi 39 nafar futbolchi/murabbiylar shtabi/rahbariyatdan iborat.

AGMK Antaliyada «Royal Seginus Hotel» mehmonxonasiga joylashadi va bugundan kunning ikkinchi yarmidan o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Antaliya yig'iniga yo'l oladigan to'liq tarkib ro'yxati quyidagicha:

Murabbiylar shtabi va rahbariyat

Bosh direktor: Muxtor Qurbonov*
Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov
Katta murabbiy: Aleksandr Volkov
Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev
Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Marat Ahmerov
Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo
Tahlilchi: Vitaliy Lushachev
Matbuot kotibi: SHahboz Beg'amov*
Jamoa mamurlari: Ruslan SHaymardanov / SHerzod Yunusov
SHifokor: Islom Abaev
Massajchilar: Abdulla Rizboev / Nurbek Jo'raev
Operator: SHerzod Boyirov

Darvozabonlar:
Botirali Ergashev*
Valijon Rahimov
Suhrob Sultonov

Himoyachilar:
Mirg'iyos Sulaymonov
Dilshod Ahmadaliev
Abbos Otaxonov
Bobur Yo'ldoshev
Sardor Rahmonov
Akrom Komilov
SHeroz Jalolov

Yarim himoyachilar:
Yovan Jokich
Dilshod Jo'raev
Mirjamol Qosimov
Jasur Umarov
Sanjar Tursunov
Sanjar SHoahmedov
SHohruh Gadoev
Husniddin G'ofurov*
Murod Toshmatov
Bunyod Turg'unboev
Sarvar Ablaev

Hujumchilar:
Aleksandr Kasyan
Zafar Polvonov
Kamron Abdulhamidov


Yig'inga darvozabon Botirali Ergashev va hujumkor vinger Husniddin G'ofurov O'zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig'inidan keyin qo'shiladi hamda jamoa bosh direktori Muxtor Qurbonov va jamoa matbuot kotibi SHahboz Beg'amov 17 fevralda Antaliyaga uchib ketishi rejalashtirilgan.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика