So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  55 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

AGMK - "Paxtakor": prevyu Yangiliklar

AGMK - "Paxtakor": prevyu

Superliganing 17-turi doirasida AGMK jamoasi Olmaliqda turnir jadvali peshqadami "Paxtakor"ni mehmon qiladi.

Qayd etish kerakki, "Paxtakor" joriy mavsum chempionatda mag'lubiyat nimalagini bilmay kelmoqda. Jamoa o'tkazilgan 16 uchrashuvdan 14tasi g'alaba qozongan va 2 marotaba durang qayd etgan. Ayni paytda chempionatimizdagi eng kuchli jamoa bo'lib turgan "Paxtakor" bilan bu gal umumiy hisobdagi 25-uchrashuvni o'tkazamiz. Jamoalar ichki chempionatda 23 marotaba va O'zbekiston kubogi finalida 1 bora to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik "Paxtakor" tarafida.

Statistikaga ko'ra, 5 marotaba jamoamiz g'alaba qozongan bo'lsa, 2 bor durang qayd etilgan va 17 o'yinda "Paxtakor"ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati: 17-38.

Joriy mavsumdagi birinchi davra o'yinida Toshkentda jamoamiz "Paxtakor"ga (4:1) imkoniyatni boy bergandi. O'shanda jamoamizning yagona goliga mualliflik qilgan Zafar Polvonov ayni paytda ketma-ket 6 uchrashuvdan buyon maydonni golsiz tark etmayapti. Jamoamiz esa 16-turdan keyin 16 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. 

Qiziqarli malumot sifatida shuni aytish mumkinki, mazkur o'yin AGMKning O'zbekiston milliy chempionatidagi umumiy hisobda 329-o'yini bo'ladi. Hozirga qadar o'tkazilgan 328 uchrashuvda jamoamiz 113 g'alaba, 69 durang va 146 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati esa 448-489 ko'rsatkichiga ega. AGMKning O'zbekiston milliy chempionatida to'plagan ochkolari soni 408ga teng.  Bu borada jamoamiz 39ta jamoa bor ro'yxatda umumiy jadvalda 18-o'rinda bormoqda. 

O'zbekiston milliy chempionati boshlangandan buyon uzluksiz unda ishtirok etib kelayotgan "Paxtakor" esa o'zining 819-uchrashuvi arafasida turibdi. O'zbekistonning ko'p karra chempioni va rekordchisi hozirga qadar "Navbahor" bilan birgalikda milliy chempionatda eng ko'p uchrashuv o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi. Ular o'tkazilgan 818-uchrashuvda 556 g'alaba, 132 durang va 130 mag'lubiyat qayd etishgan. To'plar nisbati: 1833-692. To'plagan ochkolari esa 1800 ochkoga teng. 

Qisqa qilib aytganda, mazkur turda O'zbekiston milliy chempionatlaridagi umumiy turnir jadvalining o'rtasida borayotgan AGMK hozirgi chempionatda ham, umumiy jadvalda ham yakka peshqadam bo'lib turgan "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Maqsad esa joriy mavsumda mag'lubiyatsiz ketayotgan kuchli raqibni dog'da qoldirish va muxlislarni xursand etish. 

Eslatib o'tamiz, Superliganing 17-turidan o'rin olgan AGMK — "Paxtakor" bellashuvi 17 avgust kuni, Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasidagi "Markaziy" stadionda soat 19:15da boshlanadi.

Mazkur o'yinga jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarni chorlab qolamiz, - deyiladi AGMK matbuot xizmati yozgan prevyuda.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика