So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  31 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

AGMK - "Nasaf" to'qnashuvi oldidan (prevyu) Yangiliklar

AGMK - "Nasaf" to'qnashuvi oldidan (prevyu)

AGMK Superliganing navbatdagi uchrashuvini Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'zbekiston chempionati doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilikda 26-to'qnashuv.

Hozirga qadar o'tkazilgan 25 uchrashuvda AGMK 3 g'alaba, 9 durang va 13 mag'lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib - "Nasaf" tarafida. To'plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 21-40.

Ayni paytda jamoalar chempionatda turli o'rinlarni egallab turishibdi. AGMK yakunlangan 20-turdan keyin 19 ochko bilan 11-o'rinni band etib turgan bo'lsa, "Nasaf" 28 ochko to'plagan holda 6-o'rinda bormoqda.

Mazkur turda Olmaliqda o'zaro to'qnash keladigan mazkur jamoalar o'tgan turni muvaffaqiyatsiz o'tkazishdi. AGMK Termizda "Surxon"ga (1:0) mag'lub bo'lgan bo'lsa, "Nasaf" Qarshida "Buxoro"ga (2:1) yutqazib qo'ydi.

Bu jamoalar o'tgan hafta O'zbekiston kubogi yarim finalida o'yin o'tkazishdi. AGMK uyda "Bunyodkor"ni qabul qilgan bo'lsa, "Nasaf" Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.

AGMK "Bunyodkor" bilan o'yinda ishonchli g'alabani tantana qilib, qatorasiga ikkinchi yili finalga chiqqan bo'lsa, "Nasaf" jangovor o'tgan bahsda "Paxtakor"ga (2:1) imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o'tamiz, AGMK va "Nasaf" o'rtasidagi Qarshida o'tgan birinchi davra o'yinida qarshiliklar (4:0) g'alaba qozonishgandi.

Olmaliqda kechadigan bo'lajak uchrashuvni boshqarib borish masuliyati yosh hakam Asker Najafalievga topshirildi. Ushbu hakam joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor Olmaliqqa AGMK ishtirokidagi o'yinni boshqarib borish uchun tashrif buyurmoqda. Bunga qadar birinchi davra doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ishlagandi Najafaliev. O'shanda AGMK kichik hisobda mag'lubiyatga uchragan. SHuningdek, Najafaliev "Nasaf" ishtirokidagi Qarshida "Loko"ga qarshi kechgan bellashuvda ham ishlagan va unda qarshiliklar ham mag'lubiyatga uchrashgan.

AGMK — "Nasaf" o'rtasidagi Superliganing 21-turidan o'rin olgan qiziqarli o'yin 30 sentyabr kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:15da boshlanadi.

Superliga, 21-tur.
30 sentyabr, dushanba.
AGMK – NASAF (18:15)
Hakamlar
: Asker Najafaliev (Toshkent), Rasuljon Fozilov (Namangan), Maksim Nexochin (Toshkent), Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov (Farg'ona)
Komissar: Oybek Yunusov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика