So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  17 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

AGMK matbuot xizmati: Salom, Namangan! AGMK qatorasiga uchinchi yil va to'rtinchi marotaba finalda ishtirok etadi Yangiliklar

AGMK matbuot xizmati: Salom, Namangan! AGMK qatorasiga uchinchi yil va to'rtinchi marotaba finalda ishtirok etadi

AGMK jamoasi matbuot xizmati jamoaning "Nasaf"ga qarshi o'yin sharhi va qatorasiga ketma-ket to'rtinchi finalda qatnashishi xususida to'xtalib o'tdi.

"Namanganda o'tadigan finalga yo'llanma beruvchi uchrashuvda AGMK chempionat grandlaridan biri "Nasaf"ni taslim qildi. O'yin jamoamizning ustunligi va tashabbusi bilan boshlandi. Qator hujumlardan biri nihoyat samara keltirdi. Jokich-Sulaymonov-G'ofurov tashkil etgan kombinaciyani Bahrom Abdurahimov muvaffaqiyatli yakunlab, o'yinda AGMKni hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan jamoamiz bellashuvning qolgan qismini taktik taraflama alo darajada o'tkazib, ishonchli va mustahkam himoyalandi. Valijon Rahimov va himoya chizig'imiz "Nasaf"ning xavfli hujumlarini bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatdi. Ikkinchi taymda AGMK hisobni oshirishi uchun ham imkoniyatlar tug'ildi. Biroq Grigalashvili, Nurmatov, Vatsadze va G'ofurovning urinishlari golga aylanmadi.

SHu kuni taktik ko'rsatmalarni alo darajada bajargan jamoamiz futbolchilari o'yinda hakam xushtagi yangragunga qadar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Natijada yildan-yilga kuchayib, shakllanayotgan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK qatorasiga uchinchi yil O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi. SHuningdek, AGMK o'z tarixida ketma-ket to'rtinchi finalda (Liga kubogi) ishtirok etish arafasida turibdi.

O'zbekistondagi so'nggi to'rt final AGMK ishtirokisiz o'tmayotgani va finallarda ishtirok etish yoqimli ananaga aylangani tarixiy va quvonarli holat.

AGMK jamoasi tom manoda yuksalish va rivojlanish yo'lida. AGMK qisqa davr ichida o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadigan va jiddiy vazifalarni bajaradigan yuqori darajadagi jamoaga aylanmoqda. Bu albatta rahbariyat tomonidan jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga berilgan imkoniyat va bildirilayotgan ishonch mevasi. 

O'zbekiston kubogi finalidagi raqibimiz avvalgi yillarda bo'lgani kabi O'zbekistonning amaldagi chempioni va kubok sohibi "Paxtakor" jamoasi bo'ladi.

"Paxtakor" final yo'ligacha Toshkentda "So'g'diyona" (8:1) va "Qizilqum" to'sig'idan o'tib, yarim finalda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi. AGMK esa dastlab Toshkentda "Lokomotiv"ni yirik hisobda dog'da qoldirib, keyinchalik "Metallurg" (4:3) va "Nasaf"dan ustunlik qildi.

Bu galgi final o'yini 20 dekabr kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohda bo'lib o'tadi. AGMK shu kuni O'zbekiston kubog'ida g'oliblikni qo'lga kiritib, tarixiy mavsumga aylangan 2020 yilda bronza medallari qatoriga O'zbekiston kubogi sovrinini ham qo'shib qo'yishga intiladi", - deb yozadi klub matbuot xizmati.


O'zbekiston Kubogi, yarim final.

16 dekabr, chorshanba

AGMK – «Nasaf» 1:0

Gol: Bahrom Abdurahimov (16)

Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi.

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Alisher Fayziev

AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 30.Jasur Umarov, 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov (2.Akmal SHorahmedov, 86) - 23.Yovan Jokich, 5.Dilshod Jo'raev, 18.Bahrom Abdurahimov (10.SHahzod Nurmatov, 67) - 94.Husniddin G'ofurov, 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 76), 7.Elguja Grigalashvili (31.Saydullo Rahmatov, 76)

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 77.Arslonmirat Amanov, 88.Igor Zonich.

«Nasaf» — 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev (19.Husayn Norchaev, 65), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboev (50.SHohmalik Komilov, 80), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soibov, 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Dilshod Rahmatullaev, 17.Faysal Traore, 18.Javohir Esonqulov,  70.Abubakrizo Turdaliev.

Ogohlantirish: Husniddin G'ofurov (39).

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика