So’nggi yangiliklar

19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  13 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   9 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  24 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   45

AGMK 2017 yildan buyon O'zbekiston kubogida mag'lubiyatga uchragani yo'q (prevyu) Yangiliklar

AGMK 2017 yildan buyon O'zbekiston kubogida mag'lubiyatga uchragani yo'q (prevyu)

AGMK futbol klubi matbuot xizmati finalga doir qator materiallar taqdim etdi.

AGMK ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston kubogi finalida o'ynaydi!

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi O'zbekiston kubogida muvaffaqiyatli odimni davom ettirdi.

O'zbekiston kubogida joriy mavsumni amaldagi g'olib sifatida nimchorak finaldan boshlagan jamoamiz dastlab "Mashal"ga qarshi bellashdi va Zafar Polvonovning qo'shimcha taymlarda kiritgan muhim goli evaziga chorak finalga yo'l oldi. So'ngra mazkur bosqichda "Oq-tepa" bilan bellashgan AGMK gollarga boy o'tgan bahsda 4:3 hisobida safarda muvaffaqiyat qozondi. Elguja Grigalashvili tomonidan qayd etilgan xet-trik hamda Dilshod Jo'raevning goli yakunda jamoamizga yarim final chiptasini taqdim etdi. Yarim finalda esa o'tgan yilgi kabi "Bunyodkor" bilan to'qnashgan jamoamiz bu safar ham raqibni mag'lub etib, qatorasiga ikkinchi marotaba "Bunyodkor"ni yarim finalda to'xtatib, ketma-ket ikkinchi yili finalga chiqdi.

Qizig'i, o'tgan yilgi kabi mamlakat kubogi finalida "Paxtakor" bilan hal qiluvchi o'yinda bosh sovrin uchun kurash kechadi. Aniqrog'i, AGMK amaldagi g'olib sifatida mamlakat kubogini finalda yana "Paxtakor"ga qarshi bahsda himoya qilishga urinib ko'radi.



O'zbekiston kubogi finaliga qadar bo'lgan yo'l

Nimchorak final

AGMK - "Mashal" 1:0

Gol: Zafar Polvonov (109)


CHorak final

"Oq-tepa" - AGMK 3:4

Gollar: Pavel Purishkin (47, 49, 86) — Dilshod Jo'raev (22), Elguja Grigalashvili (42, 44, 53)


Yarim final

AGMK - "Bunyodkor" 3:1

Gollar: Nurmatov (8), Grigalashvili (50), Rahmonov (86) - To'xtasinov (58)


Final

26 oktyabr, shanba 

"Paxtakor" - AGMK (17:00)

Toshkent shahri, “Lokomotiv” stadioni.


O'zbekiston kubogi finali prevyusi: "Paxtakor" - AGMK

Ketma-ket ikkinchi yil O'zbekiston kubogi final uchrashuvida Toshkentning "Paxtakor" hamda Olmaliqning AGMK jamoalari to'qnash kelmoqda.

O'tgan yili Farg'onada o'tgan kubok finalida jamoamiz "Paxtakor"ni 12-kubogini qo'lga kiritishiga qarshilik qilib, yakunda 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani tantana qilgandi. Joriy mavsum ham final bekatiga qadar yo'qotishlarsiz etib kelgan mazkur jamoalar yana bosh sovrin uchun kurashadi. "Paxtakor" bilan bu gal umumiy hisobdagi 26-uchrashuvni o'tkazamiz. Jamoalar ichki chempionatda 24 marotaba va O'zbekiston kubogi finalida 1 bora to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik "Paxtakor" tarafida.

Statistikaga ko'ra, 5 marotaba jamoamiz g'alaba qozongan bo'lsa, 2 bor durang qayd etilgan va 18 o'yinda "Paxtakor"ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati: 41-17.

Joriy mavsumda Superliga doirasidagi birinchi davra o'yinida Toshkentda jamoamiz "Paxtakor"ga (4:1) imkoniyatni boy bergandi. Olmaliqdagi bahsda esa "Paxtakor" (3:0) hisobida g'alaba qozongan. O'tgan yilgi finalda esa Yovan Jokichning dubli va Zohir Pirimovning gollariga "Paxtakor"dan Ismoil Gonsalvesh penaltidan urilgan gol bilan javob qaytargandi.


Etiborlisi, AGMK O'zbekiston kubogida 2017 yildan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. AGMK O'zbekiston kubogi doirasida 11 o'yindan buyon mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. SHuningdek, jamoamiz kubok o'yinlarida qatorasiga 8 uchrashuvdan buyon g'alaba qozonmoqda.

"Mazkur yoqimli ananani kubok finalida qatorasiga ikkinchi yil "Paxtakor"ga qarshi bahsda ham davom ettirib, ketma-ket ikkinchi yili O'zbekiston kubogi sohibiga aylanish uchun jamoamiz kurash olib boradi. O'tgan yilgi muvaffaqiyatni yana takrorlash fursati keldi. Olg'a, AGMK!", - deb yozmoqda Olmaliq klubi matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика