So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  2 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  0 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  6 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  3 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  58 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11

Afsonalar. Gollandiya yulduzi - Dennis Bergkamp Yangiliklar

Afsonalar. Gollandiya yulduzi - Dennis Bergkamp

1969 yil 10 may kuni Gollandiyaning Amsterdam shahrida tavallud topgan chaqaloqqa otasi Dennis deb ism qo'yadi.
Uning otasi mashhur shotlandiyalik futbolchi, "MYU" sharafini himoya qilgan Denis Louning ishqibozi edi. Aynan uning sharafiga o'g'liga Dennis deb ism qo'yadi. Gollandiyada Denis ayollar ismi bo'lgani uchun o'g'lining otiga yana bitta “n” harfini qo'shib qo'yadi. Aytish joizki, Dennis Bergkamp shon-shuhrat borasida Loudan kam bo'lmadi.

Malumot uchun:
To'liq ismi: Dennis Nikolas Mariya Bergkamp
1969 yil 10 mayda tug'ilgan
Fuqaroligi: Gollandiya
Bo'yi: 183 sm
Ampluasi: hujumchi
Laqabi: Uchmas golland





12 yoshida "Ayaks" futbol maktabiga borgan futbolchining iqtidori juda yuqori edi. 17 yoshda bosh jamoada debyut uchrashuvini o'tkazadi. Bo'lib ham Gollandiya chempionatida emas, Kubok egalari kubogida "Malme"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan Bergkamp ko'p o'tmay sovrin sohibi bo'ladi.

 Bergkamp hujum ortida to'p tepardi. Uning o'yinlarini ko'rgan muxlislar yaxshi eslaydilar, ajabtovur gollar urish bilan birga, qiyin vaziyatda hujumdagi jamoadoshiga aniq golli pas berardi. Bu Gollandiya terma jamoasining murabbiylarini ham nazaridan chetda qolmadi. 21 yoshida MTJdan chaqiruv oldi. 1990 yil noyabrida Greciyaga qarshi o'yinda gol ham urdi. Terma jamoadagi faoliyati uzoq davom etmagan. Bor yo'g'i 10 yil. Aslida undan ham ko'p o'ynashi mumkin edi. Ammo muhim paytlarda safar o'yinlariga bora olmasdi. Samolyotda uchishdan qo'rqadigan Bergkamp terma jamoa sharafini 79 o'yinda himoya qilib, 37ta gol urgan. 1986 - 1993 yillar oralig'ida "Ayaks" libosini 185ta uchrashuvda kiyadi va 103ta gol uradi. 1992 yil "Ayaks" UEFA Kubogi finalida "Torino"ni mag'lub etadi. Bergkamp esa faoliyatidagi dastlabki "Evro"da ishtirok etish uchun SHveciyaga yo'l oladi.





Evro-92ga Gollandiya amaldagi g'olib sifatida tashrif buyuradi. Tarkibdagi yulduzlar ham deyarli o'zgarmagan. Marko van Basten, Ruud Gullit va Frank Raykaard qatoridan joy olgan qahramonimiz SHveciyaga qarshi bahsda xet-trikka erishadi. Guruhdan chiqqan jamoa, keyinchalik chempion bo'lgan Daniyaga imkoniyatni boy beradi.

Tez orada "Barselona", "Yuventus", "Milan" va "Inter" "Ayaks"ga jiddiy takliflar bilan chiqa boshlaydilar. Futbolchilarni sotish bilan bilan kun kechiradigan gollandlar, Bergkamni "Inter"ga pullaydilar. Garchand u erda ikkinchi marotaba UEFA Kubogini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, Dennis o'zini begonadek his qiladi.

Lekin unga hayot "Arsenal"da katta omadni taqdim etadi. 1995 yili London klubi bilan shartnoma imzolagan Dennis u erda 10ta mavsumni o'tkazadi. Uning Ian Rayt bilan tandemi premer liga tarixidagi eng sermahsuli bo'lgan. Keyin Terri Anri uning hujumdagi sherigi bo'ldi. Bu futbolchi haqida ortiqcha gapirib o'tirish kerak emas. Uning hayotdagi eng yaqin do'sti Mark Overmars. U bilan ham "Arsenal"da uzoq mavsum to'p tepgan. Hattoki OAV Overmars faqat Bergkampga pas oshiradi deya ko'plab tanqidlarni bosib chiqqandi.





"Arsenal"da futbolchi 3 marta Angliya chempionligini qo'lga kiritadi. Angliya Kubogida esa 4 marta zafar quchadi. Haqli ravishda "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi ikkinchi futbolchi nomiga sazovor bo'lgan Dennis 2011 yildan beri Frank de Burga "Ayaks"da assistentlik qilib kelyapti. Aslida unga Venger jamoada skaut bo'lib ishlashni taklif qilgandi. Ammo Bergkamp samolyotda uchishdan qo'rqardi. Buning sababi bor edi. 1989 yili u chiqishi lozim bo'lgan samolyot aviahalokatga uchraydi. Uning bortida do'sti ham bor edi. Tasodif tufayli uchmay qolgan Dennis 1994 yili Gollandiya terma jamoasi AQSHdagi JCHga uchib ketayotganida bortdan o'rin olgan jurnalistlardan biri sumkasida bomba borligini aytib, Dennisni qo'rqitadi. SHundan keyin 4 yil avvalgi yarasi tirnalgan hujumchi qaytib samolyot bortiga chiqmaslikka ahd qiladi.

"Bu mening muammoim va u bilan yashashga majburman. Menga ruhiy yordam kerak. Gollandiya terma jamoasi va "Arsenal" bilan ikki yildan beri samolyotda uchmayman va ular meni tushunishyapti. Uchish meni vahimaga soladi", - degandi Bergkamp.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика