So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Adnan Yanuzay: "Men "Manchester Yunayted"da baxtliman" Yangiliklar

Adnan Yanuzay: "Men "Manchester Yunayted"da baxtliman"

Adnan Yanuzay alban tekanali KTVga o'zining birinchi televizion intervyusini berdi, intervyu jarayonida u "Manchester Yunayted"da baxtli ekanligidan va bundan keyin ham jamoa uchun ishlashda davom aytib o'tgan.
"Xozir hammasi yaxshi ketmoqda. Boshida men "Yunayted" uchun o'ynashni xohlardim va men bu imkoniyatga ega bo'ldim. Men oxirgi o'yinda ikkita gol ura olganimdan xursandman. Yigitlar bunga juda yaxshi munosabatda bo'lishdi, shuning uchun ham dublga erishganimdan juda xursandman. Men mashg'ulotlarda qattiq mexnat qildim va murabbiyimiz menga imkon berdi".

"Umid qilamanki bu mavsum muvaffaqiyatli bo'ladi. Men "Manchester Yunayted"ga borimni berishni xohlayman va dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lishni orzu qilaman. Van Persi, Patris Evra va barcha o'yinchilar yordam berishyapti va meni qo'llab-quvvatlashyapti".

"Men Rayan Giggzdan juda ham ko'p o'rganyapman, chunki biz bir xil poziciyada o'ynaymiz va men har doim undan maslahat so'rab turaman. SHuningdek menda ser Aleks bilan ham yaxshi munosabatlar bor edi va u menga birinchi jamoaga o'tishimga imkon bergan".

"Men ikkita gol urganimdan baxtliman va o'yinning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganimdan ham juda xursandman va endi keyingi o'yinda ham o'ynay olamanmi yo'qmi kutaman. "Yunayted" uchun o'ynayman va "Yunayted"ga borimni beraman".

"Kosovolik muhlislardan meni qo'llab-quvvatlashayotgani uchun minnatdorman. Biz otam bilan bu erga oilamiz bilan ko'rishish uchun keldik, men har doim Kosovo bilan aloqada bo'lib turaman. Biz otam bilan birga qaysi termada o'ynashni muxokama qilib turamiz, lekin xozir faqat "Yunayted" xaqida o'ylamoqdaman". 

"Bor kuchim bilan mexnat qilmoqdaman va jamoa bilan birgalikda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. Mening o'ylashimcha bu mavsumda sovrin yutishga kuchimiz etadi".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика