So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Abror Pirriev: "Qatardagi seminar klub shifokorlari uchun nihoyatda foydali bo'ldi" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Qatardagi seminar klub shifokorlari uchun nihoyatda foydali bo'ldi"

Teglar :  Abror PirrievO'FF
Xabaringiz bor, shu yilning 20–21 dekabr kunlari Qatar poytaxti "Doha" shahridagi Aspetar tibbiy markazida mamlakatimiz chemepionatida ishtirok etuvchi klublar shifokorlari uchun o'quv seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminar O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Associaciyasining Prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o'rtasida imzolangan memorandum doirasida bo'lib o'tganini ham takidlash kerak. Ushbu seminarda qatnashgan "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev safar taassurotlari haqida so'zlab berdi.
"O'FFdan klublarga xat keldi-yu, barcha shifokorlar orasida shov-shuv bo'lib ketdi. Superliga klublari shifokorlarini Qatarga o'qishga yuborilishi katta voqelik bo'ldi. Mening o'zimga deyarli barcha klub shifokorlari ko'ng'irok qilishdi. CHunki sport sohasida o'quv-seminarlar bo'lib turardi-yu, ammo futbol klublarining shifokorlarini o'qish va malaka oshirish uchun chet elga yuborish birichi marta bo'layotgan voqea edi.

«Yuz marta eshitgandan, bir marta ko'rgan yaxshi» - deydi dono xalqimiz, tezda «tibbiy yig'in»ga tayyorgarlikni boshlab yubordik. O'FF rahbariyatidan «oq fotiha»ni olib, Toshkent-Istanbul-Doha yunalishida Qatarga yo'l oldik. Biz futboldagi shifokorlar bir-birimizni tanisak-da, munosabatlarimiz asosan o'yinlardagi salom-alikdan nariga o'tmas, nari borsa bir-ikki yilda tashkil kilinadigan mahalliy seminarlarda ko'rishib turamiz, xolos. SHu sababli, yo'l biroz uzoqroq bo'lsa-da, uzoq vaqt bir-biri bilan yaqindan muloqotni qumsagan shifokorlar bir-birimizdan klublarimizdagi yil yakunlari, yil davomidagi jarohatlar va kasalliklar, har kimning o'ziga xos davolash uslublari, qolaversa shaxsiy hayot, futbolchi va murabbiylar haqida biz shifokorlarning munosabatigacha bulgan mavzulardagi suhbat va munozaralarimiz bilan manzilga etib borishimiz deyarli sezilmay o'tib ketdi.


Erta tongdan Doha xalqaro aeroportida bizni kutib olishdi, mehmonxonaga joylashib nonushta kilib olgach, «Aspetar» tomon yo'l oldik. SHu o'rinda «Aspetar» haqida ikki og'iz so'z. To'liq nomlanishi «Aspetar-Qatar Ortopedik va Sport Tibbiyoti gospitali» bo'lib, ushbu markaz dunyodagi eng kuchli to'rtlikka kiruvchi nufuzli sport tibbiyot markazidir. Unda dunyoning ko'plab mamalakatlaridan (17 millat vakillari, asosan Evropa mamalakatlaridan) sport tibbiyoti sohasidagi eng kuchli mutaxassislar faoliyat ko'rsatib, markaz so'nggi zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan. Ushbu markaz nafaqat Qatar sportchilari, balki butun dunyo buylab mashhur sportchi va asosan ko'plab mashhur futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatishi va o'zining keng qirrali ilmiy tadqiqotlari bilan juda mashhurdir. SHu bilan bir qatorda ushbu markazda FIFA va OFK ham juda ko'p xalkaro ilmiy-amaliy anjumanlarni o'tkazib turadi, shunday anjumanlarda kamina ham ishtirok etgan edim.

«Aspetar»dagi kutib olish marosimida markaz bosh direktori so'zga chiqib, tashrif bilan bizni iliq qutladi hamda o'z shifokorlariga etibor qaratib shunday o'quv seminarini tashkil kilish taklifini kiritib, O'FF rahbariyati uni hayratlantirganini aytib o'tdi. Keyingi so'zga chiqqan tashkilotchi professor bizga ajratilgan qisqa muddat ichida keng qamrovli futbol tibbiyotidagi yangiliklarni imkoni boricha qulay va tushunarli etkazib berishga harakat qilishlarini aytib o'tdi. SHundan sung guruh rahbari sifatida men so'zga chiqib, O'FF rahbariyati salomini etkazdim va iliq kutib olishgani uchun xursandligimizni hamda bilim va ko'nikmalarimizni yana bir bor yangilab olish imkoni tug'ilganidan mamnun ekanimizni bildirdim.


Tanishuv va qutlov marosimi tugagach, dastur bo'yicha biz uchun «Aspetar» bo'ylab umumiy tanishuv sayohati uyushtirildi, so'ngra alohida tibbiy markaz bo'limlari bo'ylab tanishib borar ekanmiz, har bir bo'lim faoliyati, uning ishlash rejasi, maqsadi va vazifalari hakida batafsil to'xtab o'tildi. Ko'rganlarimizni va har bir shifokor uchun ochilgan yangi qirralarni yozishim uchun alohida fursat kerak. SHundan so'ng bevosita o'quv jarayoniga kirishib ketdik, yani dasturda belgilangan sport tibbiyoti bo'yicha maruzalar o'qildi. Kun oxirida tibbiy markazdan qayta turib, mehmonxonaga borishdan avval shahar bo'ylab qisqa sayohat uyushtirildi hamda keyingi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Doha chiroyidan bahramand bo'lish imkoniyatini yaratib berishdi.

Keyingi kunimiz juda samarali buldi, chunki dastur bo'yicha kun davomida aynan futbol tibbiyotiga tegishli bo'lgan har xil mavzudagi maruzalar o'qildi. Ushbu maruzalarda bizning har kunlik faoliyatimizda zarur bo'lgan har xil qirralar qamrab olingani bilan bir qatorda, maruzachilarning aynan biz uchun maruzani tayyorlagani, o'z maruzalarida bizning logotiplar va futbolchilarimiz rasmlari va jarohatlarini misol qilib keltirishgani, maruzachilar har xil millat professorlari bo'lsa-da kirish va so'ng so'zlarida o'zbekcha so'zlarni ishlatishgani bizni juda hayratlantirdi. Maruzalarda yangiliklarni etkazish bilan bir qatorda, fikr almashish, maruza davomida bizni qiziqtirgan savollarga etarlicha keng javob berish, maruzalardan chetda qolgan bizni qiziktiruvchi mavzularda qo'shimcha malumotlar berish maruzachilarning asosiy maqsadi bo'ldi. Maruzalar juda qiziqarli va «tabiiy» bo'lgani sababli dasturimiz so'nggiga etib kelganini bilmay qoldik.


O'quv-seminarimizning asosiy vaqti tugagach kichik «yopilish va taqdirlash» marosimi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqqan bosh direktor o'rinbosari: «Siz bilan o'tgan seminarimiz biz uchun ham juda qiziqarli bo'ldi va ushbu o'quv dasturini tayyorlab, uni unumli o'tkazganimizdan xursandmiz, O'ylaymanki, siz ham o'zingizga kerakli tajriba va ko'nikmalarni oldingiz. Bizning nomimizdan federaciyangizga salomimizni etkazib qo'ying», - deya o'quv-seminarni yoparkan, keyin tashkilotchilar bilan birgalikda har birimizga tantanali ravishda sertifikatlar topshirishdi. SHundan so'ng men ham so'zga chiqib, seminar biz uchun juda qiziqarli va unumli bo'lgani, buning uchun tashkilotchilarga, qolaversa qiziqarli maruzalar tayyorlagan professor-shifokorlarga rahmat aytib, «Aspetar» va Qatar futbol associaciyasi rahbariyatiga O'FF nomidan minnatdorchilik aytishganini etkazib qo'ydim.

Ortga qaytar ekanmiz, parvozlar oralig'idagi vaqtdan foydalanib, Istanbulning etiborga loyiq tarixiy joylarini ham ziyorat qilish bilan yanada boyigan Doha taassurotlari qalbimizga ko'tarinkilik hadya etgani yaqqol sezilardi. «Asr yasha – asr o'qi», ayniqsa shifokorlar doimo o'z ustida ishlab, izlanishda bo'lishlari kerak. Qolaversa, bugungi tez rivojlanayotgan futbolda tibbiyotning o'rni juda muhimdir. Ushbu xorijiy o'quv-seminari biz shiforlar uchun bilim va amaliy ko'nikmalarimizni yana bir bor yangilab olish uchun katta maktab bo'ldi va ushbu imkoniyatni yaratib bergan futbol rahbariyatiga biz shifokorlar o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz", - deydi Abror Pirriev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика