So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

Abror Pirriev: "O'zbek futboli kuz-bahor tizimiga o'tishi kerak" Yangiliklar

Abror Pirriev: "O'zbek futboli kuz-bahor tizimiga o'tishi kerak"

"Lokomotiv" PFK shifokori Abror Pirriev bilan tez-tez turli mavzularda suhbat qurib turamiz.

Bir necha yil oldin chempionatimiz kuz-bahor tizimiga o'tishi kerak, degan fikr ilgari surilgan, lekin bu gapga o'shanda ko'pchilik diqqat qilmagandi. Yaqinda o'zaro suhbatlarning birida bu mavzu yana ko'tarildi. Abror Pirriev shifokor emasmi, futbolchilar holatini hammamizdan yaxshi biladi. SHu bois u professional shifokorga xos tarzda chempionatimiz kuz-bahorga o'tishi kerak deya dadil gapirdi. 

Uning fikricha, biz yanada chiroyli futbol ko'rishni, klublarimiz va terma jamoalarimiz xalqaro maydonda yaxshi natija ko'rsatishini xohlasak, chempionat formatini o'zgartirishimiz kerak. SHundan so'ng menda bazi savollar tug'ildi va yakunda ushbu intervyu yuzaga keldi. 


- O'zbekistonda futbol mavsumi kuz-bahor tizimiga o'tishi kerak, degan fikrni aytyapsiz. Bu formatning bizga foydasi tegadi, deb o'ylaysizmi?

- Ha albatta, bu format futbolimiz uchun ancha naf beradi.


- Aynan qaysi jihatlarni sanab o'tgan bo'lardingiz? 

- Birinchidan, futbolchilarimiz jismoniy holatini yaxshi holatda ushlab turish uchun imkoniyat yaxshilanadi. Bugungi kunda futbolchilarimiz nimjon bo'lib borayotgani, jismoniy holati yaxshi emasligi haqida gaplar bot-bot quloqqa chalinadi. Ammo buni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi haqida aniq takliflarni kam eshitamiz.

SHifokor sifatida futbolchilar jismoniy holatiga tasir qiluvchi bir qancha omillarni sanab o'tishim mumkin, ammo qisqa qilib, buni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun asosiy qadam aynan chempionatni kuz-bahor tizimiga o'tkazish deb hisoblayman.

Hozirgi formatda chempionatimizning asosiy qismi jaziramaga to'g'ri kelyapti. Bir-ikki jamoani hisobga olmaganda hech kim yozda projektor yoqib mashg'ulot o'tkazmaydi, mashg'ulotlar kunning issiq vaqtida o'tadi. Futbolchilar oladigan yuklamalar o'zingizga ayon. Issiq iqlimdagi tig'iz mashg'ulotlar va o'yinlar paytida juda ko'p energiya yo'qotiladi, uning o'rnini qoplash esa amri-mahol, ayniqsa, bizning klublardagi vitaminizaciya darajasi bilan.

Jaziramadagi yuklamadan so'ng toliqqan organizmni o'ziga keltirish mushkul masala, boz ustiga bunday holatda ishtahasi yo'q futbolchi ancha vaqtgacha suyuqlik ichishdan nariga o'tmaydi. Gap faqat toliqishda emas, issiq iqlimdagi yuklamalar insonning asosiy azosi – yurak va jigar faoliyatiga salbiy tasir ko'rsatadi. 2-3ta o'yinni amallash mumkin, ammo jaziramada qatorasiga davom etuvchi o'yinlar xohlaymizmi-yo'qmi futbolchi organizmiga tasir o'tkazmay qo'ymaydi. Nisbatan salqin ob-havoda organizm yuklamani yaxshi qabul qiladi, naf ko'proq bo'ladi va tiklanish jarayoniga kam vaqt sarflaydi. Mo'tadil iqlimdagi yuklamalar futbolchi tinkasini quritmaydi, balki jismoniy holat yaxshilanishiga turtki bo'la oladi. Qolaversa tiklanish jarayoni yaxshi kechadi. 

Ikkinchidan, noyabr oxirida tugagan chempionatning martda boshlanishini kutaverib futbolchi-yu murabbiylar charchab ketadi. Bizda qishki tanaffus juda uzoq muddat davom etadi – 3 oy. Boz ustiga ayrim klublar jamoasini dekabr oxirida yig'ib oladi. Martgacha yuguraverib charchagan jamoa chempionat boshlanishini shunchalar kutadi-ki, o'sha kun etib kelganda ishtiyoq ancha so'ngan bo'ladi, hatto futboldan biroz charchaydi ham. Yomon tomoni davralar orasidagi muddat juda kam. Bu degani birinchi davradan so'ng 5-6 kun dam olgan jamoa qisqa muddatli yig'in o'tab, tag'in ikkinchi davraga kirishib ketamiz. Vaholangki, jismoniy holatni meyorida ushlab turish uchun davralar oralig'idagi tatil va yig'in muddatining etarli bo'lishi juda muhim omil.

Uchinchidan, bilasiz OCHL o'yinlari fevral, FIFA kunlari esa mart oyidayoq boshlanadi. Yurtimiz futbolini xalqaro arenada ko'z-ko'z qiluvchi bu ikki muhim musobaqada ishtirok etishi kerak bo'lgan klublarimiz futbolchilari endigina yig'indan chiqib, o'yin amaliyoti tizginini ushlay olmagan payt bo'ladi. Boz ustiga uzoq kutilgan chempionat 1-2 turdan so'ng tag'in tanaffusga chiqadi. 

Yana bir etiborli jihat. Kuz-bahor tizimiga o'tilsa, yosh futbolchilar musobaqalari ham shunga qarab moslashadi va buning ham bir qator ijobiy tomonlari bor. Bu esa alohida mavzu...

Xullas, chempionatimizning kuz-bahor tizimiga o'tishi futbolimiz jozibadorligini oshiradi deb o'ylayman. O'yin tezlashadi, temp oshadi. Salqinroq sharoitda futbolchi organizmi yayrab ishlaydi, nisbatan tez tiklanadi, yaxshi jismoniy formada turadi, tomoshabop o'yinlar ko'payadi.




- O'zbekiston mustaqil chempionati yo'lga qo'yilganidan beri (1992) bahor-kuz tizimi bo'yicha o'ynab kelyapmiz. Nimaga siz aytgan formatga ilgari o'tilmagan, deb o'ylaysiz?

- CHunki bunga zaruriyat tug'ilmagan. Negaki butun chempionat faqat terma jamoalar uchun ishlagan. Xohlagan payt futbolchilarni yig'ishgan, FIFA kunimi-yo'qmi istalgan muddatda yig'in tashkil etilgan. Bunday holatda chempionat qanday formatda bo'lishi muhim emas. Endi esa eski haqiqat oydinlashdi va etibor qaratilyapti-ki, milliy chempionatni kuchaytirmas ekanmiz, terma jamoalarimiz oqsashda davom etaveradi. SHu bois chempionatimiz qancha saviyali bo'lsa, uni o'tkazishda jahon futbolidagi tizim ila hamnafas bo'lsak, maqsadga erishish yo'li osonroq kechadi. Kuz-bahor tizimiga o'tish – shunday yo'nalishlardan biridir.


- Kuz-bahor tizimiga o'tamiz ham deylik. Bunda milliy chempionatni qay shaklda ko'ryapsiz? Yani mavsum qachon boshlanib, qachon o'z nihoyasiga etadi?

- Superliga o'yinlari har yil 15 avgustda boshlanib, 1-davra 15 dekabrda yakuniga etadi. SHundan keyin ikki oylik qishki tanaffus: tatil va yig'inlar. Ikkinchi davra 15 fevraldan 15 iyungacha davom etadi. Yana 2 oylik yozgi tanaffus: tatil va yig'inlar. Qarabsizki, yozning jaziramasi-yu, qishning qahratonini chetlab o'tamiz, jismoniy tayyorgarlik va uni meyorda ushlab turishga sharoit yaratiladi, shuningdek, xalqaro musobaqalarga shay turishimiz nisbatan yaxshi poziciyada bo'ladi.


- Sizningcha, bahor-kuz tizimidan kuz-bahor tizimiga o'tish qanday ro'y berishi kerak? Bu format uchun maydonlarimiz holati javob beradimi?

- Etibor bergan bo'lsangiz, men aytgan kuz-bahor tizimida chempionat tugashi va boshlanishi bor-yo'g'i 15 kunga suriladi. Bu katta farq emas. SHu bois formatni o'zgartirish uchun alohida katta tayyorgarlik shart emas. SHunchaki navbatdagi mavsumni yuqorida aytib o'tganimdek, 15 fevraldan boshlash kifoya. Endi maydonlar masalasiga kelsak, hozir ko'p stadionlarda maydon sifati ancha yaxshilangan. Boz ustiga oldingi qahraton sovuq, yurib bo'lmas qorlar yo'q hozir, borgan sari iqlim isib bormoqda. 15 kunlik tafovut – juda katta farq emas. Formatga qarab maydonni parvarishlay olish imkoniyatlari ham mavjud.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

P.S. Bu jiddiy mavzu bo'lib faqat shu intervyu bilan to'xtab qolmasa kerak. Siz qanday fikrdasiz? CHempionatimiz kuz-bahor tizimiga o'tishi kerakmi? Bu borada o'z fikrlaringizni kutib qolamiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика