So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Abror Pirriev: "Karantindan keyin birinchi rasmiy o'yingacha barcha jamoalarga ikki haftalik yig'in kerak bo'ladi" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Karantindan keyin birinchi rasmiy o'yingacha barcha jamoalarga ikki haftalik yig'in kerak bo'ladi"

Hamma qatori "Lokomotiv" futbolchilari ham karantinni o'z uylarida, oila davrasida o'tkazishyapti.

Asosiy jamoa shifokori Abror Pirriev bilan bog'lanib, futbolchilar holati bilan qiziqdik, qolaversa shu kunlarda eng ko'p muhokama qilinayotgan savolga javob oldik. 


- Karantin paytida futbolchilar holatidan xabar olib turibsizmi? Ularning sog'lig'i yaxshimi? 

- Albatta, onlayn rejimda har bir futbolchining ahvolidan xabardor bo'lyapmiz. Hozirgi kunda O'FA va klublar mutasaddilari, murabbiy va shifokorlar - barchamiz futbolchilar bilan aloqadamiz. Jamoamiz o'yinchilari orasida salomatligi xavotirga soladigan alomatlar yo'q. Hamma murabbiylar shtabi tomonidan tuzib bergan reja asosida o'z uyida individual tarzda shug'ullanyapti. 


- Tibbiy nuqtai nazardan karantin tugaganidan keyin necha kun o'tib rasmiy o'yinlarni boshlagan maqul deb o'ylaysiz? Negaki bu savol hozirda ko'pchilikni qiziqtiryapti. 

- Bu masalaga biroz jiddiy yondoshuv kerak. CHunki har bir futbolchi uyda har qancha mustaqil shug'ullanmasin, murabbiylar nazoratidagi jismoniy yuklamalar bilan, unutilayozgan o'yin amaliyoti qirralarini mujassamlashtiruvchi, futbol maydonida olib boriladigan mashg'ulotga barobar bo'lma olmaydi. 

SHuning uchun mavsum muddati sharoitidan kelib chiqib to birinchi rasmiy bahsga qadar jamoalar ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishlari zarur deb hisoblayman. Nima uchun? CHunki jiddiy yuklamalarga tayyor bo'lmagan mushaklar jarohat olishga moyil bo'lib qoladi va kutilayotgan tig'iz mavsumga hali tayyor bo'lmagan futbolchi buning oqibatida jarohatlar girdobiga tushib qolishi mumkin. 

Jarohatga yo'liqadigan futbolchilar orasida milliy terma jamoa azolari ham bo'lishi mumkinligini inobatga olib, bu masalada shoshma-shosharlik qilmasdan obdon o'ylab keyin qaror chiqargan maqul deb o'ylayman. 

   

- SHu o'rinda uyda qolayotganlarga tilaklaringiz? 

- Karantin davrini ko'chaga chiqmasdan uyda o'tkazayotganlarga o'zlari va oilasi sog'lig'i haqida qayg'urib bundan keyin ham uyda qolishlarini tilab qolaman. CHunki hozirgi paytda bu juda muhim. Futbolchilarimizga ham avvalo uyda qolishni, murabbiylar tomonidan berilgan reja asosidagi mashg'ulotlarni uy sharoitida qunt bilan bajarishlarini, vaznni nazorat qilib borishni hamda ko'proq kitob mutolaa qilishlarini tilab qolaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика