Abduvohid Nematov "Paxtakor" darvozaboni unga nima degani va Hamralievning to'pni qaysi tomonga tepishi kerakligini aytgani haqida gapirdi
29 may 23:06
Yangiliklar
Abduvohid Nematov "Paxtakor" darvozaboni unga nima degani va Hamralievning to'pni qaysi tomonga tepishi kerakligini aytgani haqida gapirdi
- O'yin haqida...
- Barcha "Nasaf" muxlislarini Superkubok bilan tabriklayman! O'yin juda qiyin kechdi va penaltila seriyasigacha davom etdi. Bunga tayyorgarlik ko'rgandik va bu bizga qo'l keldi.
- Penaltini bunday ijro etish oson emas. Buni oldindan rejalashtirib olganmidingiz?
- Darvozabndan hech kim bunday zarbani kutmaydi. SHuning uchun shunaqa tepishga qaror qildim.
- "Paxtakor" darvozaboni sizga nima deb ketdi?
- Har bir penalti tepilgach, menga "qanday gol urding" deb hayratomiz savollar beraverdi (kuladi).
- Muhammadqodir Hamraliev va Diyor Xolmatov bilan olimpiya terma jamoasida birga o'ynaysizlar. Ular qaysi tomonga tepishini bilarmidingiz?
- Muhammadqodir Hamralievga hazillashib, "Bilasan-a? Qaerga tepishni", dedim (kuladi).
Fikrlar