So’nggi yangiliklar

14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  5 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  8 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  33 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3

Abduvohid Nematov: Olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushadi Yangiliklar

Abduvohid Nematov: Olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushadi

8 yanvar kuni Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Mazkur musobaqada Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Olimpiyachilarimiz ayni paytda musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini BAAda olib bormoqda.


Terma jamoamiz posboni Abduvohid Nematov O'FA rasmiy saytiga musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani xususidagi fikrlarini bildirdi:


- Osiyo chempionati boshlanishiga oz vaqt qoldi. Terma jamoamiz turnirga jiddiy tayyorgarlik olib boryapti. Yigitlarda kayfiyat hamda jamoadagi ichki muhit alo darajada. Yigitlar bir-birlari bilan juda inoq. Mashg'ulotlarda barcha 100 foiz kuch bilan mehnat qilyapti. Zero hech narsa o'z o'zidan kelmaydi. Barcha muvaffaqiyatni ortida mashaqqatli mehnat yotadi. SHuning sabab maqsadimizga etish uchun yanada ko'proq ishlashga harakat qilyapmiz.
Maqsadimiz – Tokio olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritish va bu orqali yangi tarix yaratish. Tokioga borish uchun esa Osiyo chempionatida g'oliblar qatorida o'rin olishimiz lozim. Bu oson bo'lmasligi tayin. Lekin yurtimizdagi ko'plab muxlislar, ota-ona va yaqinlarimiz bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. SHuning uchun ham har bir uchrashuvda faqat va faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

Jamoada yigitlar juda inoq. Yagona oila bo'lib qita chempionatida munosib ishtirok etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz. Men ham qo'limdan kelgancha terma jamoamizga foyda keltirishga urinaman, - deya takidladi 18 yoshli darvozabon.  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика