Abduvohid Nematov: "Kimdir imkoniyat berganida balki, penaltini tepgan bo'lardim"
27 may 23:44
Yangiliklar
Abduvohid Nematov: "Kimdir imkoniyat berganida balki, penaltini tepgan bo'lardim"
- Har bir sovrinning o'z zavqli joyi bor. Barchasi zo'r bo'ldi. "Nasaf"ning hamma muxlislarini ajoyib superkubok o'yinlari bilan tabriklayman. Ayniqsa, bugun havo ham zo'r bo'ldi. Yomg'irli superkubok bo'ldi. Muxlislar ajoyib atmosfera qilib berishdi. Barchaga rahmat.
- So'nggi yillarda "Andijon" "Nasaf"ga qarshi yaxshi o'ynayotgandi. Bugun "Andijon" noqulay raqibligini isbotlay oldimi?
- Bitta o'yin uchun istalgan jamoa yaxshi tayyorlana oladi. Shu sababli bunday o'yinlar qiyin o'tadi. Bir yoki ikkita gol barchasini hal qiladi. Shukurki, biz gol urdik va g'alaba qozondik.
- Sizda penalti tepish mahorat bor. Bugun imkoniyatdan foydalanishga harakat qilib ko'rmadingizmi?
- Jamoada Norchaev, Cheran kabi futbolchilar bor. Agar kimdir imkoniyat berganida balki, penaltini tepgan bo'lardim.
- Oldinda bizni terma jamoa o'yinlari kutmoqda.
- U erda Vatan uchun o'ynaymiz. Bu doimo birinchi o'rinda turadi. Asosiysi halqimiz duo qilib tursa, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar