So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Abdusamad Do'rmonov: "Futbolchilarimga xarakter ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Futbolchilarimga xarakter ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman"

Pro liga 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Oq-tepa"(2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. O'tgan turda Xorazmda suniy qoplamali maydonda o'ynagan edik. Ko'p o'yinlarimizni Qirgulida o'tkazib kelayotgandik, bugun esa "Istiqlol" maydonida to'p tepdik. Futbolchida doim ishtiyoq va xohish yuqori bo'lishi kerak. Yigitlarga xarakter ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman.

To'g'ri, o'tgan yili ham Xorazmga borganimizda suniy maydonda o'ynagandik. SHunga yarasha o'zimizning suniy maydonda tayyorgarlik ko'rgandik. Xorazmdan yakshanba kuni qaytdik va ikki kun oldin bugungi o'yinga tayyorgarlik olib bordik. SHu sababli ham futbolchilar tiklanishga ulgurishmadi.

Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi. O'ylab qo'ygan rejalarimiz ish bermadi. Tanaffusda yigitlarga tegishli ko'rsatmalarni berdik. Menimcha, ikkinchi bo'limda futbolchilar ko'rsatmalarimizni bajarishdi. Hujumda temp oshdi.

Oldindan nima bo'lishini bilmaymiz. Jamoamiz oldiga doim maksimal vazifani qo'yamiz. Har bir o'yinda g'alaba qozonish va Superligaga yo'llanma olish. Har bir o'yinda yigitlarga tushuntirishga harakat qilmoqdamiz",- deydi Abdusamad Do'rmonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика