Abduqodir Husanov milliy jamoa mashg'ulotlaridan oldin intervyu berdi
18 mar 22:11
Yangiliklar
Abduqodir Husanov milliy jamoa mashg'ulotlaridan oldin intervyu berdi
– O'yinga tayyorgarliklar qanday?
– Tayyorgarlik yaxshi. O'yinga tayyormiz.
– Abduqodir, taassurotlar qanday?
– Taassurotlar zo'r.
– Terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangan, shu haqida fikringiz qanday? Siz baribir Kapadze bilan birga ishlagansiz
– Bu erdagi ko'pchilik birga ishlagan. Yaxshi hammasi.

– Qirg'iziston bilan ikkinchi o'yin. Bu uchrashuvni avvalgisidan qanday farqi bo'ladi?
– Kattaroq hisobda yutishga harakat qilamiz.
– Ko'pchilikni qiynayotgan savol. Timur Kapadze uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaydimi yoki ikkitami? Bu haqida hali malumot berilmadimi?
– Men bu erda o'yinchiman, murabbiy emas.
– Klubdagi mashg'ulotlar zavqliroqmi yoki terma jamoadagi?
– Ikkalasi ham zavqli.
– Kojo uchrashuvda qanchalik muammo tug'dirishi mumkin?
– O'yinda ko'ramiz.

– Muxlislarga nima deysiz?
– Muxlislardan qo'llab-quvvatlashlarini so'raymiz. Sizlar bilan osonroq bo'ladi.
– Pep sizni ingliz tilini yaxshi bilmaydi degandi. Til o'rganish jarayoni qanday ketyapti?
– Hammasi yaxshi. Sekin o'rganyapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar