Abduqodir Husanov ishtirokidagi o'yinlar O'zbekistonda olib ko'rsatiladimi?
20 fev 17:32
Yangiliklar
Abduqodir Husanov ishtirokidagi o'yinlar O'zbekistonda olib ko'rsatiladimi?
Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, MTRK tarkibidagi "Futbol" telekanali Angliya Kubogini O'zbekiston hududida namoyish etish huquqini qo'lga kiritish uchun faol muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, o'zbekistonlik muxlislar Angliya Kubogi 5-bosqich uchrashuvlarini "Futbol TV" orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ham Telegram'dagi sahifasida bu haqda aytib o'tdi:
"Futbol" kanali Angliya Kubogi bo'yicha muzokara olib boryapti, shekilli. To'g'ri, "Zo'r TV" ham bunga kirishgandi. Davlat va hususiy kanallar nihoyat hamkorlikda, imkoniyatlarni jamlagan holda bu ishni amalga oshirsa yaxshi bo'lardi, bundan muxlislar yutadi".
Malumot uchun, Abduqodir Husanov to'p tepadigan "Manchester Siti" musobaqa 5-bosqichida "Plimut" bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar