Abduqodir Husanov Franciya chempionatida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
06 noy 2024 22:30
Yangiliklar
Abduqodir Husanov Franciya chempionatida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
O'zbekistonlik himoyachi muxlislar tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada katta ustunlik bilan g'alaba qozondi.
“Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Franciya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida o'tkazilgan so'rovnomada katta ustunlik bilan g'alaba qozondi. “Oy javohiri” nomli mukofotni yutish uchun nomzodlar safida Jonatan Rou (“Marsel”) va Malik Fofana (“Lion”) ham bor edi. Abduqodir so'rovnomada 47% ovoz oldi. Rou va Fofana esa mos ravishda 28% va 25% ovoz to'plashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar