Abduqodir Husanov beshinchi o'rinda
23 jan 20:20
Yangiliklar
Abduqodir Husanov beshinchi o'rinda
Xabaringiz bor, bir necha kun avval Abduqodir Husanov "Lans"dan "Manchester Siti" safiga ko'chib o'tdi.
Etiborlisi, Abduqodir Husanov MDH davlatlari futbolchilari transferlari ichida TOP-10dan o'rin oldi.
Aniqroq aytadigan bo'lsak, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisining "Lans"dan "Manchester Siti"ga o'tishi ingliz klubiga 40 mln evroga tushdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Husanov beshinchi pog'onani band etdi. Undan oldinda faqatgian Mixailo Mudrik ("SHaxter"dan "CHelsi"ga, 70 mln evro), Xvicha Kvaracxeliya ("Napoli"dan PSJga, 70 mln evro), Andrey SHevchenko ("Milan"dan "CHelsi"ga, 43,9 mln evro) va Genrix Mxitaryan (Dortmundning "Borussiya"sidan "Manchester Yunayted"ga, 42 mln evro) o'rin olgan.
Umid qilamizki, Abduqodir Husanovning APLdagi faoliyati ham yorqin bo'lib, ko'plab reytinglarda yuqori o'rinlarni egallaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar