So’nggi yangiliklar

00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  55 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  3 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  17 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9

Abdumutal Tursunqulov: "Nasib bo'lsa "Oq-tepa" maydonidan ham g'alaba bilan qaytamiz" Yangiliklar

Abdumutal Tursunqulov: "Nasib bo'lsa "Oq-tepa" maydonidan ham g'alaba bilan qaytamiz"

PRO-Liga 15-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Zomin" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar tarkibida eng yaxshi futbolchi Abdumutal Tursunqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.






- Abdumutal, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...

- Qiyin o'yin bo'ldi. Dastlabki maydonga moslashishda bizda ozgina qiyinchilik bo'ldi. Raqib jamoa o'z uyida o'ynayotgani bois o'yinning dastlabki daqiqalarida bizga bosim o'tkazdi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng birinchi bo'limning 15-20 daqiqalariga kelib "Istiqlol" futbolchilarida toliqish ko'zga tashlandi. SHundan so'ng bizda o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. SHuningdek, ikkinchi bo'lim boshida raqib futbolchisining maydondan chetlatilishi g'alaba qozonishimiz uchun sabablardan biri bo'ldi.

- Natijalardan kelib chiqsa, "Zomin" uydagi uchrashuvlardan ko'ra safarda yaxshiroq o'yin namoyish etmoqda. Buni qanday izohlaysiz?

- Agar o'yinlarimizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz, hech qaysi jamoa bizni yaqqol ustunlik bilan, ketma-ket hujumlar tashkil etgan xolda mag'lub etgani yo'q. Mana hozirgi kunda PRO-Liga bahslari televidenie orqali namoyish etilmoqda. Bazida bizga omad etishmayapti, aslida raqiblar bilan tengma-teng o'yin namoyish etmoqdamiz. Aynan shu kabi xolatlar ustida ishladik, natijalarimiz ham yaxshilandi. Nasib bo'lsa navbatdagi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Bugun asosiy raqiblaring "Oq-tepa" va "Xorazm" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda durang natija qayd etildi. Navbatdagi o'yinda "Oq-tepa" bilan o'ynaysizlar. Bugungi g'alaba sizlarga keyingi uchrashuv oldidan qanday ishtiyoq beradi?

- Biz har doim g'alaba uchun maydonga tushamiz. Raqib kim bo'lishining farqi yo'q, "Neftchi", "SHo'rtan", "Oq-tepa" kabi jamoalar bilan o'yinlarda ham faqat g'alaba qozonish uchun harakat qilganmiz. Nasib bo'lsa "Oq-tepa" maydonidan ham g'alaba bilan qaytamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика