So’nggi yangiliklar

01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  0 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  0 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  1 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  89 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   2 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16

Abdumalik Hakimov: “Birinchi liganing bu yilgi o'tkazish tizimi menga maqul keldi” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Birinchi liganing bu yilgi o'tkazish tizimi menga maqul keldi”

Xabaringiz bor, kecha Toshkentda O'zbekiston Kubogi o'yinlari va birinchi liga musobaqasi uchun qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Unda elita klublari bilan bir qatorda birinchi liga jamoalarining rasmiy shaxslari ishtirok etdi. Xususan “Cementchi” ustozi Abdumalik Hakimov ham qura marosimida bevosita qatnashdi. SHu bois murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

- Yurtimizda deyarli mavsumi boshlangandek tuyulmoqda. Muxlislarimizni ushbu futbol mavsumi bilan tabriklab qolaman. Quraga keladigan bo'lsak, menimcha hammasi ko'ngildagidek o'tdi. Hech qanday etiroz yo'q – deya gap boshladi Hakimov.  

- Quraning ko'zi ko'r deb bejizga aytishmagan. “Cementchi” uchun boshlanishiga jiddiy raqiblar ro'baro' keldi. Bundan havotir olayotganim yo'q. Aksincha xursandman. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar baribir bir kun kelib o'ynash kerak. SHunday ekan har klubni xurmat qilamiz.

- Kubokda birinchi “Navbahor” bilan o'ynaydigan bo'ldik. Kuchli jamoa sifatida shakllanayotganini ko'rish mumkin. Lekin bu bilan ortga chekinmaymiz. Axir o'tgan yili ham oliy liga klublariga qarshi o'ynadik-ku. CHempionatda ham ketma-ket ikki o'yin kuchli raqiblarga qarshi o'tkazamiz. “Dinamo” va “Zomin” nazarimda bu yil oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boradi.   

- “Cementchi” ham imkon qadar yangi mavsumga puxta tayyorgarlik olib borishga xarakat qilmoqda. Rahbariyat tomonidan etibor yuqori. Kerakli sharoitlar yaratib berilmoqda. O'z navbatida bunga javoban biz ham jiddiy ishlayapmiz. Qolganini mavsum ko'rsatib beradi.  

- Tayyorgarlikdan ko'nglim to'lmoqda desam ham bo'ladi. Faqat meni ranjitayotgan jihati ayrim yigitlarni gripp kasalligi bezovta qilmoqda. Selekciyaga keladigan bo'lsak, bugungi kunda bir qator futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Yaqinda boshlanadigan Farg'ona “Hokim kubogi-2016” turnirida ishtirok etamiz va unda tarkibda kimlar qolishi malum bo'ladi.

- Birinchi liga musobaqasi joriy mavsum oliy liga kabi o'tadigan bo'ldi. Ilgari futbolchilik davrimda ham shunday tizimda bo'lganini yaxshi eslayman. Xususan 1995 yili “Bag'dod” safida xarakat qilganimda safarda 4ta o'yin o'tkazib qaytardik. Bu safar ikkita o'yin o'tkazib qaytiladigan bo'ldi. SHaxsan menga bu tizim maqul tushdi – deydi Abdumalik Hakimov.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика