So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Abdulloh Olimov: "Lokomotiv"ga qarshi bahsga puxta tayyorgarlik ko'rgandik" Yangiliklar

Abdulloh Olimov: "Lokomotiv"ga qarshi bahsga puxta tayyorgarlik ko'rgandik"

"Andijon" 2020 yilgi Superligani Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Qiziqarli kechgan bahsdan keyin "burgutlar" klubi yarim himoyachisi Abdulloh Olimov bilan suhbatlashdik.

- Abdulloh yangi futbol mavsumi boshlanganligi bilan tabriklaymiz...

- Rahmat tabrik uchun, shu o'rinda barcha o'zbek halqini va futbol muxlislarini yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman.

- "Andijon" 1-tur doirasidagi ilk uchrashuvini Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Biz "Lokomotiv"ga qarshi bahsga puxta tayyorgarlik ko'rdik, o'yin kurashlarga boy bo'ldi. Standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik va yakunda mag'lub bo'ldik. SHu o'rinda aytib o'tishim kerakki, bizni qo'llab-quvvatlash uchun uzoq yo'ldan kelgan fidoiy Nodirbek To'ychiev boshchiligidagi muxlislarga raxmat aytaman. Nasib bo'lsa keyingi turlarda o'yinlarimiz orqali muhlislarimizni xursand qilamiz.

- O'tgan mavsumda zaxiradan maydonga tushgan o'yinlaringiz ham bo'lgan, bunga sabab nima deb o'ylaysiz?
- To'g'ri o'tgan mavsumda olgan jarohatim tufayli ko'p o'yinlarda jamoaga yordam bera olmadim va ko'p bahslarda zaxiradan maydonga tushdim.

- "Andijon" keyingi turda Qarshining "Nasaf jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi. Bu o'yindan oldingi fikrlaringiz...

- "Nasaf" jamoasi mamlakatimizning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi o'z o'yin uslubiga ega, garchi mahoratli o'yinchilar jamoani tark etgan bo'lsa ham, ularning o'rni futbol akademiyasidan etishib chiqqan yosh o'yinchilar bilan to'ldirildi.


Nodirbek Abdullaev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика