So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  42 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

Abdulloh Olimov: "G'alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo'q edi" Yangiliklar

Abdulloh Olimov: "G'alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo'q edi"

PRO-liganing 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Mashal" (0:1) uchashuvidan so'ng mehmonlar vakili Abdulloh Olimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bilasizmi biz PRO-liganing 1-turida safarda "Andijon"ga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchragandik. O'sha o'yindan keyin jamoamiz muxlislari tushkun kayfiyatda edilar.

Keyin o'z maydonimizda "Norin"ni va kubok doirasida "Istiqlol"ni mag'lub etdik. Samarqandda mag'lub bo'lishimizga aslo haqqimiz yo'q edi. CHunki muxlislarimiz bizni Superligaga chiqishimizni qattiq xohlashadi. Ularni bizning har bir mag'lubiyatimiz juda tushkunlikka tushirib qo'yadi. Samarqandda "Dinamo" bilan o'yinda Hujumlarimizdan biri samarali yakunlandi. Kichik hisobda bo'lsada g'alaba qozondik. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Superligaga chiqishni uddalaymiz, shunga umid qilamiz. Samarqandda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Bu g'alabani ularga bag'ishlaymiz," - deydi Abdulloh Olimov.

Dilshod Safarov yozib oldi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика