So’nggi yangiliklar

23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  22 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   0 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  0 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  3 22:45"Штутгарт" — "Бавария". Германия Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:40"Аланяспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:32"Мальорка" — "Барселона". Педри, Ямал ва Рафинья асосий таркибда  31 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  22 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  10 21:12АПЛ. "Тоттенхэм" илк турда йирик ғалабага эришди  2 21:08Виталий Левченко: "Энг зўр мухлислар водийда"  9 20:57Суперлига. "Динамо" Самарқандда ОКМКни мағлуб этиб, 3-ўринга кўтарилди  26

Abdulla Abdullaev: “Maqsadimiz – OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish” Yangiliklar

Abdulla Abdullaev: “Maqsadimiz – OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish”

AGMK himoyachisi Abdulla Abdullaev jamoasining ushbu mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Mavsum yakuni borasida

- Oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgandi. SHuningdek, Osiyo CHempionlar ligasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Maqsadimiz yo'lida intildik. Lekin buni bajara olmadik. OCHLga yo'llanma oldik, lekin saralash orqali o'z ishtirokimizni boshlaymiz.

Egallagan o'rni haqida

- O'ylashimcha, biz mavsumni 4-o'rinda tugatishimizga sabab tarkibimiz yangilandi. O'z o'yinimizni topib olish uchun vaqt kerak bo'ldi. Mavsum o'rtasiga kelib bir-birimizni tushuna boshladik. 

OCHL saralashi xususida

- Biz ham boshqalar singari saralash bahslarini muvaffaqiyatli tugatishga intilamiz. O'ylaymanki, AGMKda imkoniyat bor va undan foydalanishga harakat qiladi. Asosiy maqsadimiz OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish.

Keyingi mavsum haqida

- Nazarimda keyingi yilgi mavsum yanada qiziqarli o'tadi. CHunki 90 foiz jamoalar hozirgi tarkibni saqlab qolishga urinadi. Bu esa klublarni yanada kuchli bo'lishini va chempionat bahslari qiziqarli o'tishini taminladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика